B2B-tahlil

  • B2B-tahlil: Yandex’ning Telegram’dagi yangi qamrovli reklamasi foydalanishga arziydimi?

    B2B-tahlil: Yandex’ning Telegram’dagi yangi qamrovli reklamasi foydalanishga arziydimi?

    Yandex 2026-yil 20-yanvarda Telegram-kanallar uchun ko‘rishlar soniga qarab to‘lanadigan (CPV) yangi qamrovli kampaniyalarni taqdim etdi. Biz UsmonDigital jamoasi ushbu formatni tahlil qildik va uni o‘z tajribamizdagi Telegram Ads natijalari bilan solishtirdik.

    Joriy qamrov va geo-targeting

    Ishga tushirish bosqichida (2026-yil yanvar holati bo’yicha) yangi instrument quyidagi xususiyatlarga ega:

    • Kanallar bazasi: Tizimda hozircha 61 kanal mavjud.
    • O‘zbekiston bo‘yicha geo: Hozircha faqat Namangan viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Nukus) mavjud. Yirik shaharlar hozircha yo‘q, ammo qamrov kengayishi vaqt masalasi deb o’ylaymiz.
    – Rasm 1: Yandex’ning Telegram’dagi yangi qamrovli reklamasi prognozlari

    Formatning texnik xususiyatlari

    Asosiy afzalligi — nativlik :

    • Format: Post kanal nomidan chiqadigan organik kontentga o‘xshaydi (rasm yoki video bilan) va «Reklama» belgisiga ega.
    • Kanalda qolish davri: E’lon bir marta nashr etiladi va maksimal qamrov uchun lentada 48 soat qoladi.
    • Auditoriya: Telegram Ads’dan farqli o‘laroq, barcha obunachilarga, jumladan Telegram Premium foydalanuvchilarga ham ko‘rsatiladi.
    – Rasm 2: Yandex’ning Telegram’dagi reklamasi namunalari

    Qamrov iqtisodiyoti: CPV solishtiruvi

    Biz Yandex prognozini UsmonDigital’ning Telegram Ads bo‘yicha statistikasi bilan solishtirdik (23.01.26 sanasidagi dollar kursiga ko‘ra, 1$ = 12 133 so‘m):

    Platforma / InstrumentCPV (ko’rish narxi), so’mCPA (obuna narxi), so’mMa’lumot turi
    Yandex’dan qamrovli kampaniya17,80–Yandex prognozi
    Telegram Ads (Ton-akkaunt)6,1751 622UsmonDigital statistikasi
    Telegram Ads (Euro-akkaunt)2,2621 373UsmonDigital statistikasi

    Tahliliy qarash: CPV’dan tashqari ko’rsatkichlar

    Raqamlardagi farqqa qaramay, CPV sotuv voronkasida yuqori bazaviy ko‘rsatkich ekanligini unutmasligimiz kerak. Tizimli marketing uchun ko‘rsatkichlarni yanada chuqurroq baholash nihoyatda muhim: hech bo’lmaganda, obuna bo‘lish qiymati va yakuniy konversiya narxini tahlil qilish zarur.

    B2B segmentida quyidagilarni ham yodda tutish muhim:

    • Telegram – bu tezkor savdo instrumenti emas. Kanalning maqsadi – brend tanilishini oshirish va auditoriyani sifatli tarzda qiziqtirish hisoblanadi.
    • Strategik rivojlanish. Brendni tanishtirish ustida ishlash – bu kelajakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo vositalarining samaradorligini bir necha barobar oshirishga imkon beradigan zanjirning eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.

    Agentlik xulosasi

    Biz ushbu yangi Instrumentni media-splitga samarli qo‘shimcha sifatida ko‘rmoqdamiz. 2026-yil yanvaridan boshlab Telegramning Yevro-hisoblaridagi komissiyalar 50 foizgacha ko‘tarilganini inobatga olsak, Yandexning nativ formatlari, jumladan Telegram Premium obunachilari uchun ham reklama ko‘rsatish imkoniyati bilan, qamrov vazifalarini bajarish uchun raqobatbardosh muqobilga va/yoki qo’shimcha imkoniyatga aylanmoqda.

    B2B marketing yangiliklariga obuna bo‘ling

    • Ekspertiza • Yangiliklar • Keyslar • Tahlillar


    B2B biznesingizni tizimli rivojlantirishga tayyormisiz?

    Qisqa brifni to‘ldiring. Biz loyihangizni o‘rganib chiqamiz va agar u bizning yo‘nalishimizga mos kelsa, birinchi uchrashuvgacha sohangizdagi bozor ko‘rsatkichlari asosida tegishli marketing strategiya, dastlabki saytingiz auditi va tijorat taklifini tayyorlab qo‘yamiz. Bu vaqtingizni tejaydi va strategik qaror qabul qilish uchun real prognozlarni beradi.