Keyslar

  • O’zimiznikimi yoki yo’q: B2B-da GEO-omillar ishonchni qanday shakllantiradi (+660% konversiya keysi)

    O’zimiznikimi yoki yo’q: B2B-da GEO-omillar ishonchni qanday shakllantiradi (+660% konversiya keysi)

    Kirish

    B2B segmentida hamkorlik bo’yicha qaror qabul qilish tez amalga oshmaydi va bu jarayon bir necha oygacha davom etishi mumkin (mijozlarimiz bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, yil kesimida savdo davri 118 kungacha yetgan).

    B2B bizneslarni targ‘ib qilishda eng muhim vazifalardan biri – Qaror Qabul Qiluvchi Shaxslarni (LPR) kompaniya bilan to‘g‘ri tanishtirish, uning ishonchliligi, ekspertlik darajasi, qadriyatlari va bitim xavfsizligini namoyish etishdir. Сhunki B2Bda, odatda, munosabatlar uzoq yillarga mo‘ljallangan bo‘ladi va shuning uchun qarorlar puxta o‘ylangan holda, ko‘pincha biznes hamkorlari bilan birgalikda, ehtimol, kompaniyaning huquqshunosi va buxgalteri bilan ham birgalikda qabul qilinishi mumkin.

    Keltirib o’tilgan omillar ichida birinchi tanishuv va xavfsizlik, ya’ni kompaniyaning mijoz uchun qanchalik «tanish/o‘ziniki» ekanligi sotuv voronkasiga kirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda bizneslarning ekspansiyasida geosiyosiy vaziyat (cheklovlar, blokirovkalar, mahalliy reklama qonunlari) ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    Shuning uchun, reklama kampaniyalari qanchalik mukammal sozlangan bo‘lmasin, agar GEO-faktorlar hisobga olinmasa, ular target mamlakat foydalanuvchilari uchun ko‘rinmas yoki ishonchsiz bo‘lib qolishi mumkin.

    GEO-faktorlarga nimalar kiradi? Bu birinchi navbatda domen zonasi, kontentining relevantligi, kontakt ma’lumotlari, konversiya elementlarining qulayligi va texnik jihatdan – serverning joylashgan joyi (xosting). Ushbu maqolada aynan shu omillar xususida so‘z yuritamiz. So‘ngida esa GEO-omillarni hisobga olish va ularni B2B mijoz misolida optimallashtirish natijalariga doir masalaning ko‘lamini yaxshiroq tushunishingiz uchun real keysni keltiramiz.

    Domen zonasi: O’zimiznikimi yoki yo’q?

    Qidiruv natijalari yoki tarmoqlardagi reklama e’lonlarida (KMS, RSYa) birinchi bo‘lib ko‘zga tashlanadigan narsa – bu «begona» domen, aniqrog‘i «begona» domen zonasidir.

    Target mamlakatda  “begona” domen hududidan foydalanishga misol - UsmonDigital
    Rasm 1. Target mamlakatda (O‘zbekiston, Toshkent) “begona” domen hududidan (.ws — Samoa davlatining domen hududi) foydalanishga misol. (Aytgancha, bu yerda reklama e’lonlarini qanday sozlamaslik kerakligining deyarli ideal namunasiga duch keldik.)

    Domen zonasi masalasiga qaytsak, agar domen zonasi maqsadli mamlakat foydalanuvchisi uchun notanish bo‘lsa, bu ishonch darajasini tushiruvchi birinchi «qizil bayroqcha» bo‘lishi mumkin. Bunday e’lonni foydalanuvchi «o‘ziniki» bo‘lgan domenlarni qidirib, shunchaki o‘tkazib yuborish ehtimoli yuqori.

    Domen zonasini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar:

    1. Maqsadli mamlakat uchun mahalliy domen zonasidan foydalaning (masalan, O‘zbekiston uchun .uz, Rossiya uchun .ru).
    2. Agar kompaniya xalqaro bo‘lsa, mahalliy bozorga moslashish uchun xalqaro domenda subdomen yarating (masalan: uz.b2b-business.com yoki ru.b2b-business.com), ya’ni ushbu holatda sayt prefiksi target mamlakatga moslashtiriladi, asosiy domen esa xalqaro .com domen zonasida joylashgan bo‘ladi.

    Xosting joylashuvi

    Hozirgi geosiyosiy vaziyatda ma’lumotlar saqlanadigan joyning ahamiyati ortib bormoqda, chunki server joylashgan mamlakat target mamlakatda bloklanganlar ro‘yxatiga tushib qolgan bo’lishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, maqsadli mamlakatda saytning qisman yoki butunlay ko‘rinmay qolishiga olib kelishi mumkin.

    Xosting bo’yicha Tavsiyalar

    Serverni qonunchilik ruxsat bergan hududlarda yoki maqsadli mamlakatning o‘zida joylashtirish eng to‘g‘ri yo’l bo’ladi. Reklama berishdan oldin ushbu masalani texnik audit qilib, serverni tegishli lokatsiyaga ko‘chirish lozim.

    Kontakt ma’lumotlari va «borlik effekti»

    Saytda ko‘rsatilgan kontaktlar B2B-da qaror qabul qilishdagi ikkinchi muhim omil bo’lishi mumkin. B2B-da qonunbuzarliklar uchun jarimalar yuqori ekanligini hisobga olsak, mahalliy raqamning yo‘qligi LPR-da: «Bu kompaniyaga ishonsa bo‘ladimi?», «Ertaga g‘oyib bo‘lmaydimi?», «Huquqiy himoyalanganmanmi?» kabi shubhalarni uyg‘otishi mumkin.

    Kontaktlarni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar:

    1. Kontaktlarda maqsadli mamlakatning mahalliy raqamini ko‘rsating.
    2. Kontakt sahifasiga Yuridik manzil qo‘shing.
    3. Foydalanuvchi kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishishi mumkin bo‘lgan blog yoki ijtimoiy tarmoqlarga havolani ko‘rsatish ham foydali bo‘ladi.
    4. Agar kompaniya bir nechta mamlakatda ishlasa, ro‘yxatda birinchi bo‘lib aynan «mahalliy» raqamni ko‘rsating. Bu yaqinlik va ishonchlilik hissini yaratadi.
    5. Aloqa qilish qulayligini oshirish uchun target mamlakatdagi mahalliy ommabop messenjerlarni ham ko‘rsating.
    “Kontaktlar” sahifasining yaxshi namunasi - UsmonDigital
    Rasm 2. “Kontaktlar” sahifasining yaxshi namunasi.

    Ariza qoldirish shakllari qulayligi

    Saytdagi ariza shakllarining to‘g‘ri tuzilishi saytga bo‘lgan ishonchni oshiradigan va foydalanuvchilar konversiyasini tezlashtiradigan yana bir omildir.

    Ariza shakli bo’yicha tavsiyalar 

    Shakllarning to‘g‘ri tuzilishiga quyidagi funksiyalarni kiritish mumkin:

    1. Prefiksni avtomatik yangilash. Ma’lumot kiritish maydonida telefon raqami prefiksini foydalanuvchi geolokatsiyasiga qarab avtomatik yangilash yoki, undan ham ishonchlirog‘i, target mamlakat prefiksini standart holatda (default) o‘rnatish lozim. Bu o’rinda ikkinchi ssenariy samaraliroq bo’ladi, chunki ayrim mamlakatlarda foydalanuvchilar internetga VPN xizmatlari orqali kirishlari mumkin.
    2. Telefon raqam maskasi to’g’ri sozlandi. Raqam maskasini to’g’ri sozlamaslik mahalliy bozorda ham uchrab turadigan holat, bu mijoz telefon raqamini noto’g’ri kiritilishiga yoki umuman arizani yuborilishini to’silishiga olib kelishi mumkin.  
    3. Rozilik bildirish katakchasini qo’shish (yuridik aspekt). Agar mahalliy qonunchilik talab qilsa, ariza shakliga ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirish katakchasini ham qo’shish lozim.
    Ariza shakli namunasi.
    Rasm 3. Ariza shakli namunasi.

    Keys: GEO-omillarni hisobga olish sayt konvertatsiyasini qanday qilib 660% ga oshirish imkonini berdi

    Loyiha tafsilotlari:

    • Loyiha: B2B NDA;
    • Soha: TIF + Logistika;
    • Target geo: Rossiya;
    • Kanal: Yandex Direct (Qidiruv + Retargeting);

    Optimallashtirish ishlari:

    • Sayt .uz domen zonasidan .ru domen zonasiga ko‘chirildi.
    • Sayt ma’lumotlari Rossiya xostingiga o‘tkazildi.
    • Mahalliy kontakt raqami qo‘shildi.
    • Ariza shaklida Rossiya prefiksi standart qilib o‘rnatildi.

    Natijalar:

    • Solishtirish davri: 22.10.25-14.11.25 vs 12.12.25 – 04.01.26.
    • Sayt konversiyasi: +660% ga o‘sdi;
    • Konversiyalar soni: +100% ga ko‘paydi;
    • Saytdagi o‘rtacha vaqt: +68% ga ko’tarildi.
    Samaradorlik ko‘rsatkichlarini taqqoslash skrinshoti (Yandex Metrika ma’lumotlari) - UsmonDigital
    Rasm 4. Samaradorlik ko‘rsatkichlarini taqqoslash skrinshoti (Yandex Metrika ma’lumotlari)

    Xulosa: GEO-omillarni hisobga olish bo‘yicha cheklist

    B2B marketingi – bu potensial mijoz bilan o‘zaro aloqaning uzun zanjiri bo‘lib, bu zanjirda sayt infratuzilmasi zaif bo‘g‘in bo‘lib qolishi va vaqt hamda byudjet yo‘qotilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

    GEO-omillarni hisobga olish cheklisti:

    • ✅ «Tanish» domen: Domen zonasi yoki subdomen target mamlakatiga mos tanlandi;
    • ✅ Xosting: Ma’lumotlar jismonan target mamlakatga yoki target mamlakat qonunchiligida ruxsat etilgan hududldarga ko’chirildi;
    • ✅ Qulay va ishonchli aloqa: Saytga yuridik manzil, mahalliy raqam va messenjerlar qo’shildi;
    • ✅ Qulay ariza shakli: Prefiks va raqam maskasi to‘g‘ri sozlandi, qonuniy «rozilik» tugmalari qo‘shildi;

    Saytni muntazam audit qilish va optimallashtirish – bu B2B targ‘iboti samaradorligining muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, UsmonDigital’da ushbu jarayon loyiha bilan birinchi tanishuvdan boshlab doimiy ravishda olib boriladi.

    UsmonDigital Sayt auditi va tavsiyalari namunasi.
    Rasm 5. UsmonDigital Sayt auditi va tavsiyalari namunasi.

    Agar vebsaytingiz infratuzilmasini tekshirish bo‘yicha yordam kerak bo‘lsa, bizga murojaat qiling, biz kerakli tahrirlar bilan tavsiyalar tayyorlashda yordam berishdan mamnun bo‘lamiz va agar kerak bo‘lsa, ushbu tavsiyalarni veb-saytingizga joriy etishda ham ko’maklashamiz.

    B2B marketing yangiliklariga obuna bo‘ling

    • Ekspertiza • Yangiliklar • Keyslar • Tahlillar


    B2B biznesingizni tizimli rivojlantirishga tayyormisiz?

    Qisqa brifni to‘ldiring. Biz loyihangizni o‘rganib chiqamiz va agar u bizning yo‘nalishimizga mos kelsa, birinchi uchrashuvgacha sohangizdagi bozor ko‘rsatkichlari asosida tegishli marketing strategiya, dastlabki saytingiz auditi va tijorat taklifini tayyorlab qo‘yamiz. Bu vaqtingizni tejaydi va strategik qaror qabul qilish uchun real prognozlarni beradi.