Kirish
UsmonDigital 2024-yil iyunda tashkil topgan bo‘lsa-da, bu agentlikning poydevori mening 9 yillik shaxsiy tajribam davomida yaratildi. Shu muddat ichida men mahalliy startaplardan tortib xalqaro ta’lim platformalarigacha bo‘lgan turli sohalarda 100 ga yaqin loyihani amalga oshirdim.
B2B sohasiga ixtisoslashish qarori darhol qabul qilinmadi. U yuzlab gipotezalar, xatolar tahlili va tizimlilik qayerda eng yuqori natija berishini anglash orqali asta-sekin shakllandi. Bugungi kunda UsmonDigital strategiyasi — bu shunchaki yo‘nalish tanlash emas, balki meni marketingda muhandislik aniqligidagi yondashuvga olib kelgan uzoq yo‘lning xulosasi bo’ldi.
100 ta loyiha menga nimalarni o‘rgatdi
9 yillik faoliyatim davomida kontekst reklama bo‘yicha mutaxassislikdan yirik reklama agentligi va xalqaro IT-maktabda rahbarlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdim. Yuzlab turli bizneslar bilan ishlash menga bozorning umumiy muammosini ko‘rishga yordam berdi: tizimlilikning yetishmasligi.
Murakkab sohalarda — masalan, logistika, IT, biznes uchun professional xizmatlar, TIF (tashqi iqtisodiy faoliyat) yoki ishlab chiqarishda — «reklama yoqib ko’raylik va nima bo‘lishini ko‘ramiz» qabilidagi strategiya byudjetning behuda sarflanishiga olib keladi. Amalga oshirilgan 100 ga yaqin loyiha menga marketingdagi muvaffaqiyat tasodif emas, balki rivojlanishga tizimli yondashuv natijasi ekanligini o‘rgatdi.
Nima uchun aynan B2B?
B2B segmenti ma’lumotlarga alohida yondashuvni talab qiladi. Bu yerda savdo jarayoni uzoq, xatoning bahosi baland va xarid qilishga oqilona yondashiladi. Biz bu yo‘nalishni tanlashimizning sababi bizning kompetensiyalarimiz murakkab biznes vazifalarini eng samarali hal qila oladi:
- Marketingga investitsiya sifatida qarash. Biz mijoz bilan raqamlar tilida gaplashamiz: mijozni jalb qilish tannarxi (CAC) va uning umrbod qiymatini (LTV) tahlil qilamiz.
- Chuqur tahlil. B2Bda har bir mijozning yo‘lini ko‘rish muhim. Biz chuqur tahlil «skvoznaya” analitikani joriy etamiz, shunda siz aynan qaysi kanal shartnoma imzolanishiga olib kelganini aniq bilasiz.
Muhandislik yondashuvi — sifat standarti
Biz har doim raqamlar bilan ishlaganmiz. Mening muhandislik ma’lumotim (MGUGiK) marketingga aniq fan sifatida qarash yondashuvini shakllantirdi. Tajribamiz shuni ko‘rsatdiki, bizning qat’iy standartlarimiz aynan murakkab sohalarda eng yuqori natijani beradi.
Tartibsizlikni oldini olish maqsadida quyidagilarni joriy etdik:
- SLA standartlari. Xizmatlar ro‘yxati va darajasi bo‘yicha aniq qoidalar.
- Loyiha pasportlari va «Strategik qaydlar». Biz asosiy o‘zgarishlar va A/B sinov natijalarini qayd etamiz. Bu bizga sabab-oqibat bog‘liqligini tizimli ravishda tushunish va rivojlanish mantiqini uzoq yillar davomida saqlab qolish imkonini beradi.
- Xatarlarni boshqarish. Biz shunchaki «kabinetni sozlash» bilan cheklanib qolmasdan, balki loyihalarni kundalik nazorati orqali samarasiz xarajatlar ehtimolini iloji boricha kamaytirish ustida ishlaymiz.
2026-yilga maqsad
2026-yilda bizning maqsadimiz — B2B kompaniyalari uchun shunchaki ijrochi emas, balki ishonchli strategik hamkor bo‘lish. Siz asosiy e’tiborni biznesni kengaytirishga qaratishingiz uchun biz texnik va tahliliy qism uchun mas’uliyatni o‘z zimmamizga olamiz.
Agar biznesingizga tartibsizlik emas, balki muhandislik aniqligi va shaffof ROI kerak bo‘lsa — biz har qanday murakkablikdagi loyihalarni muhokama qilishga tayyormiz.
B2B marketing yangiliklariga obuna bo‘ling
• Ekspertiza • Yangiliklar • Keyslar • Tahlillar
B2B biznesingizni tizimli rivojlantirishga tayyormisiz?
Qisqa brifni to‘ldiring. Biz loyihangizni o‘rganib chiqamiz va agar u bizning yo‘nalishimizga mos kelsa, birinchi uchrashuvgacha sohangizdagi bozor ko‘rsatkichlari asosida tegishli marketing strategiya, dastlabki saytingiz auditi va tijorat taklifini tayyorlab qo‘yamiz. Bu vaqtingizni tejaydi va strategik qaror qabul qilish uchun real prognozlarni beradi.