Google ASR 2026 taqdimoti yangiliklari va UsmonDigital loyihalarida qo‘llanilayotgan ishonchli signallar

10-sentyabr kuni Toshkentda Google ASR (Coob Ads) tomonidan o‘tkazilgan yopiq konferensiyada O‘zbekiston raqamli bozori, qidiruv tizimlari va reklama samaradorligi bo‘yicha muhim rasmiy ma’lumotlar taqdim etildi.

Biz ilgari Google va Yandex qidiruv tizimlarini solishtirish bo‘yicha maqolamizda ta’kidlaganimizdek, B2B segmentida qidiruv reklamasi mavjud ehtiyoj bilan ishlaydigan eng tezkor targ‘ibot kanallaridan biridir. Shu bilan birga, Coob Ads (Official Google ASR) bilan imzolangan strategik hamkorligimiz doirasida Google ekotizimidagi yangi texnologik yechimlarni B2B loyihalarimizga tatbiq etib kelmoqdamiz. 

Ushbu maqolada konferensiyada ko‘tarilgan asosiy tendensiyalar, Google e’lon qilgan sun’iy intellekt instrumentlari hamda UsmonDigital-ning Consulting Partners, TerraPro, Medi Unex va Travel Skills kabi B2B, E-commerce va Gibrid (B2B/B2C) loyihalarimizda qay turdagi ishonchli signallardan foydalanayotganimiz amaliyoti bilan bo‘lishamiz.

O‘zbekiston raqamli bozori: Qidiruv tizimlaridagi joriy ko‘rsatkichlar

Google va rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda raqamli muhit va foydalanuvchilar faolligi sezilarli o‘sgan:

  • Internet qamrovi: Internet foydalanuvchilari soni 36.2 mln kishiga yetdi (aholining 94% qismi).
  • Qidiruv tizimlari ulushi: O‘zbekistondagi har 4 ta qidiruv so‘rovining 3 tasi (74%) Google Qidiruv hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. (Bizning 2026-yil may oyidagi tahlilimizga ko’ra Google-ning qidiruvdagi ulushi 72% tashkil qilgan edi).
  • Qidiruv reklamasining unumdorligi: Google Ads tizimida Qidiruv reklamalari sarflanayotgan byudjetlarning 11.3% qismini tashkil etsa-da, barcha konversiyalarning 20% qismini keltirmoqda.
    • Bu yerda ta’kidlab o’tish kerakki, O‘zbekistondagi Google Ads reklama byudjetlarining deyarli 80% qismi (79.3%) mobil ilovalar targ‘ibotiga (App campaigns) to‘g‘ri kelmoqda va bu bozorning asosiy ulushini bank/fintex ilovalari hamda E-commerce Marketplace-lari egallab turibdi.
Google ASR 2026: Tashkent Hilton Hotel zalidagi rasmiy taqdimot jarayoni.
Google ASR 2026: Tashkent Hilton Hotel zalidagi rasmiy taqdimot jarayoni.

Google AI Max: Qidiruv imkoniyatlarini sun’iy intellekt bilan kengaytirish

B2B segmentida foydalanuvchilarning qidiruv so‘rovlari doimiy ravishda o‘zgarib va murakkablashib boradi. An’anaviy «aniq moslik» yoki “iboraviy moslik” kalit so‘zlari bilan cheklanib qolish potentsial xaridorlarni o‘tkazib yuborishga sabab bo’lishi mumkin.

Google tomonidan e’lon qilingan yangi AI Max qidiruv vositasi uchta texnologik ustunga tayanilishi ta’kidlanmoqda:

  1. Qidiruv so‘rovlarini intellektual moslashtirish: Keng moslik (broad match) va sun’iy intellekt algoritmlari orqali foydalanuvchi so‘rovining tub ma’nosini va qidiruv niyatini (intent-ni) aniqlash.
  2. E’lon matnlarini avtomatik moslashtirish: E’lon sarlavhalari va matnlarini foydalanuvchi so‘roviga moslab real vaqt rejimida dinamik o‘zgartirish.
  3. Yakuniy URL manzilini kengaytirish: Qidiruv maqsadiga ko‘ra foydalanuvchini saytning eng mos keladigan ichki sahifasiga yo‘naltirish.
Google Ads-ning yangi algoritmlari va imkoniyatlari taqdimoti.
Google Ads-ning yangi algoritmlari va imkoniyatlari taqdimoti.

Yopiq taqdimotdagi B2B/IT keys natijalari:

Konferensiyada B2B va dasturiy ta’minot yo‘nalishidagi yopiq keys tahlilida ushbu sun’iy intellekt vositasi qo‘llanilishi natijasida bir xil kunlik byudjet doirasida zayavka narxi (CPA) 31.75% ga arzonlashgani, konversiya darajasi (CR) +72.07% ga oshgani va reklamaga qilingan xarajatlar qaytimi (ROAS) +41.46% ga yaxshilangani ko‘rsatildi.

Biz UsmonDigital jamoasi ushbu AI Max vositasini o‘z loyihalarimizda bosqichma-bosqich test qilishni boshladik va amaliy testlarimiz natijalari bilan alohida Inshaalloh ulashamiz.

PMax kampaniyalarini ishonchli signallar bilan oziqlantirish: UsmonDigital amaliyoti

B2B va e-commerce marketingida eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xato – bu avtomatlashtirilgan Performance Max (PMax) kampaniyalarini shunchaki saytdagi oddiy formani to‘ldirishga optimallashtirishdir.

Agar reklama algoritmiga «Menga shunchaki zayavka keltir» deyilsa, u eng ko‘p va oson forma to‘ldiradigan, lekin real xarid qobiliyati bo‘lmagan (yoki bot) auditoriyani topib keladi. Algoritmga sifatsiz signal berilsa, u sifatsiz trafikni ko‘paytirib beradi.

Ushbu muammoni hal qilish va PMax/KMT algoritmlariga botlar bajara olmaydigan ishonchli signallarni uzatish bo‘yicha loyihalarimizda quyidagi amaliy yechimlar qo’llamoqdamiz:

  • Consulting Partners (B2B xizmatlar va konsalting): Saytdagi oddiy zayavka bilan cheklanmay, Binotel dinamik kolltreking tizimini ulaganmiz. Sotuv menejeri CRM tizimida mijoz bilan gaplashib, uni «Sifatli lid» deb belgilaganda, ushbu haqiqiy signal Google kabinetiga konversiya sifatida qaytariladi.
  • Medi Unex va TerraPro (B2B E-commerce, B2C E-commerce): Saytda kengaytirilgan elektron tijorat (Ecommerce tracking) sozlanib, ishonchli signal sifatida faqat real xarid “purchase” hodisasi hamda mavjud xaridorlar bazasi (Customer Match) uzatiladi.
  • Travel Skills (B2B/B2C ta’lim platformasi): Spam va bot-zayavkalar tozaligini oshirish uchun hozirda saytdagi shakllarda maxsus «honeypot» (botlarni tuzoqqa tushiruvchi yashirin maydon) texnologiyasini testdan o‘tkazmoqdamiz.

Botlar na real xaridni amalga oshira oladi (sms orqali tasdiqlash kerak bo’ladi), na CRM-da sotuvchining suhbatidan o‘ta oladi. Natijada PMax algoritmi faqat toza va real xaridorlar profilini izlashga majbur bo‘ladi.

Google bannerli reklama (KMT) tarmoqlarida reklama ko‘rsatishda asosiy muammo – bu sifatsiz saytlar, mobil o‘yinlar va bot-trafigi ko‘p bo‘lgan ilovalarda byudjetning besamar ketishidir.

Konferensiyada taqdim etilgan texnik yechimlardan biri – bu JavaScript tilida yoziladigan avtomatlashtirilgan Google Ads skriptlaridir. Bu turdagi skriptlar umumiy holda quyidagicha ishlaydi:

  • Skript har kuni belgilangan vaqtda (masalan, soat 18:00 da) avtomatik ravishda barcha reklama ko‘rsatilgan saytlarni yuklab oladi.
  • Oldindan belgilangan taqiqlangan domenlar va samarasi qoniqarli bo’lmagan manbalarni tekshiradi (skript tekshirish triggerlani turli shartlar bilan sozlash mumkin).
  • Keraksiz va bot-saytlarni avtomatik ravishda istisnolar ro‘yxatiga joylaydi.

Google KMT hamkorlik tarmog‘i 2 milliondan ortiq sayt va mobil ilovalarni o‘z ichiga olganligi sababli bu turdagi skriptlar namoyish maydonlari nazoratida zaruriy instrumentlardan hisoblanadi.

Ushbu avtomatlashtirish natijasida reklama ko‘rsatuvchi maydonchalarni qo‘lda tozalash vaqti tejaladi, klik narxi sezilarli arzonlashadi va bot-trafigi ulushi sezilarli darajada kamayishi mumkin.

UsmonDigital strategik xulosasi

Google ASR 2026 konferensiyasi materiallari va bizning amaliy tajribamiz shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy Performance-marketing shunchaki «reklama sozlash» emas, balki Analitika + CRM + Sifatli Signallar uzviyligida ishlagandagina kutilgan natija berishi mumkin.

B2B va loyihalar uchun tavsiyalarimiz:

  1. Qidiruv kampaniyalarida faqat tor iboralar bilan cheklanmay, AI Max va Keng moslik imkoniyatlarini ehtiyotkorlik bilan sinab ko‘rish.
  2. Reklama kabinetini faqat sayt formasi bilan emas, CRM va kolltreking bilan bog‘lab, sifatli signallarni algoritmga qaytarish.
  3. Marketing samaradorligini shunchaki zayavka narxi (CPL) bilan emas, Sifatli lid narxi (CPQL) va Mijozni jalb qilish narxi (CAC) metriklari orqali baholash.
UsmonDigital jamoasi Google ASR 2026 konferensiyasida.
UsmonDigital jamoasi Google ASR 2026 konferensiyasida.

B2B marketing yangiliklariga obuna bo‘ling

• Ekspertiza • Yangiliklar • Keyslar • Tahlillar


B2B biznesingizni tizimli rivojlantirishga tayyormisiz?

Qisqa brifni to‘ldiring. Biz loyihangizni o‘rganib chiqamiz va agar u bizning yo‘nalishimizga mos kelsa, birinchi uchrashuvgacha sohangizdagi bozor ko‘rsatkichlari asosida tegishli marketing strategiya, dastlabki saytingiz auditi va tijorat taklifini tayyorlab qo‘yamiz. Bu vaqtingizni tejaydi va strategik qaror qabul qilish uchun real prognozlarni beradi.