UsmonDigital va Coob Ads (Official Google ASR) hamkorligi: B2B mijozlarimiz uchun yangi texnologiyalar va eksklyuziv imkoniyatlar

UsmonDigital va Coob Ads (Official Google ASR) hamkorligi: B2B mijozlarimiz uchun yangi texnologiyalar va eksklyuziv imkoniyatlar

2026-yil 4-avgust kuni UsmonDigital agentligi O‘zbekistondagi rasmiy Google Ads savdo vakili – Coob Ads (Official Google Ads Sales Representative) bilan strategik hamkorlik shartnomasini imzoladi. UsmonDigital uchun ushbu qadam shunchaki rasmiy nom yoki status emas, balki Google ASR dasturi doirasidagi yangi imkoniyatlar bizga reklama kampaniyalarining har bir bosqichida xavflarni kamaytirish, stavkalarni aniqroq boshqarish va mijozlarimiz uchun barqaror o‘sishni ta’minlash imkonini beradi.

Yandex Ads bilan rasmiy hamkorligimiz, Yandex mutaxassislari bilan to‘g‘ridan-to‘g me’yordagi aloqalar, birgalikdagi izlanishlar va UsmonDigital jamoamiz uchun o‘tkazib kelinayotgan eksklyuziv ichki vebinarlar allaqachon ish tartibimiz standartiga aylangan.

Endilikda Google ASR bilan imzolangan bitim ushbu tajribani Google ekotizimida ham yangi sifatli bosqichga olib chiqishiga umid qilamiz va ishonamiz. Natijada B2B mijozlarimiz O‘zbekistondagi ikkala asosiy kontekst reklama tizimida ham eng yuqori darajadagi ekspertiza va to‘g‘ridan-to‘g‘ri texnik qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘ladilar.

Ushbu hamkorlik B2B mijozlarimiz biznesiga nima beradi?

  • Google Beta-mahsulotlariga ustuvor kirish: Reklama kabinetlaridagi eng so‘nggi texnologiyalar, AI-optimallashtirish va hali ommaga taqdim etilmagan beta-instrumentlarni mijozlarimiz loyihalarida birinchilardan bo‘lib test qilish imkoniyati.
  • Google Ads ekspertlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri audit: Google Ads, Google Analytics 4 (GA4), Google Tag Manager (GTM) va Google Merchant Center bo‘yicha Google ASR sertifikatlangan mutaxassislarining ekspertlik qo‘llab-quvvatlovi va chuqur texnik tahlillari.
  • Eksklyuziv bozor insaytlari va yopiq tadbirlar: O‘zbekiston va global bozor vertikallari bo‘yicha tahliliy obzorlar hamda faqat Google ASR hamkorlari uchun o‘tkaziladigan yopiq B2B uchrashuvlarda ishtirok etish.

Tizimli hamkorlikni brifdan boshlang

Reklama kampaniyalaringizni yangi texnologik darajaga olib chiqish va reklama investitsiyalaringiz samarasini to’g’ri o‘lchash uchun hamkorlikni brifimizni to‘ldirishdan boshlang:

🔗 Brifni to‘ldirish: usmondigital.uz/brief/.

B2B marketing yangiliklariga obuna bo‘ling

• Ekspertiza • Yangiliklar • Keyslar • Tahlillar


B2B biznesingizni tizimli rivojlantirishga tayyormisiz?

Qisqa brifni to‘ldiring. Biz loyihangizni o‘rganib chiqamiz va agar u bizning yo‘nalishimizga mos kelsa, birinchi uchrashuvgacha sohangizdagi bozor ko‘rsatkichlari asosida tegishli marketing strategiya, dastlabki saytingiz auditi va tijorat taklifini tayyorlab qo‘yamiz. Bu vaqtingizni tejaydi va strategik qaror qabul qilish uchun real prognozlarni beradi.