Google-da maqsadli lid narxi (tCPA) va reklama xarajatining qaytishi (tROAS) ko’rsatkichlarini aniq bilish ahamiyati yanada oshdi

google-ads-tcpa-troas-yangiligi-17-avgust

O’zi nima gap?

Google maqsadli lid narxi (Target CPA) va reklama xarajatining qaytishi (Target ROAS) strategiyalariga jiddiy o’zgartirish kiritdi – endilikda reklama kampaniya xarajatlari ushbu ko’rsatkichlariga qat’iy intilishini ma’lum qildi. Ushbu o’zgarish 17 avgustdan boshlab amal qilishni boshladi.

Nima o‘zgardi?

Ilgari, agar sizning reklama kampaniyangiz «Byudjet bilan cheklangan» statusida bo‘lsa va tizim siz belgilagan maqsaddan ancha arzonroq lid olib kelayotgan bo‘lsa (masalan: maqsad $10 qilib qo‘yilgan, lekin amalda $5 dan lid kelayotgan bo‘lsa), Google sun’iy ravishda narxni oshirmas edi.

Endi esa: Google algoritmi byudjeti cheklangan kampaniyalarni ham siz belgilagan Target CPA/ROAS chegarasiga bosqichma-bosqich yaqinlashtiradi. Ya’ni, agar limit $10 bo‘lsa va amalda $5 ga tushayotgan bo‘lsa, algoritmlar narxni sekin-asta $10 ga qarab ko‘taradi! 

Va aksincha sizni maqsadli lid narxingiz 5$ va ushbu ko’rsatkich Target CPA qilib qo’yilgan bo’lsa kampaniyangiz «Byudjet bilan cheklangan» statusida bo‘lsa ham natijalarni, hatto byudjetga o‘zgartirish kiritilganda ham, maqsadli stavkaga yanada barqaror mos kelishini ta’minlaydi. Bu sizga kampaniya natijalarini biznesingiz iqtisodiyotiga to’g’ri keladigan narxlarda lid olib kelishini va natijalarni oldindan yanada aniqroq taxmin qilish imkonini beradi.

Bu biznes uchun qanday ahamiyatga ega?

Ushbu yangilik o’z yunit-ekonomikasini doimiy hisoblab, tahlil qilib boruvchi kompaniyalar va marketing jamoalari uchun juda zo’r imkoniyat bo’lishi mumkin: maqsadli lid narxi (Target CPA) va reklama xarajatining qaytishi (Target ROAS) ko’rsatkichlariga erishish barqarorlashishi va aniqroq prognoz qilish imkonini berishi mumkin. 

Aksincha reklama kampaniyalarni natijalarini biznes ko’rsatkichlar bilan bog’lay olmaydigan yoki to’g’ri bog’lay olmaydigan kompaniyalar uchun lid va mijoz narxining oshishiga olib kelishi mumkin.

Va ushbu jaroyan, ya’ni reklama kabinetlaridagi maqsadli ko‘rsatkichlarni (tCPA, tROAS) doimiy tahlil qilib, biznes natijalari bilan bog’lab, tuzatishlar kiritib borilishi – bu marketingning biznes rivoji uchun qo’shishi mumkin bo’lgan eng qimmatli hissalardan biri. 

Biz, marketing va biznes ko‘rsatkichlari bog‘likliklarini doimiy va chuqur tahlil va taftish qiluvchi jamoa sifatida, ushbu Google yangiligini biznes iqtisodiyoti uchun samarali o‘zgarish deb baholadik, kutuvlarimiz ijobiy va endi amalda yangi algoritm o‘zini qanday tutishini sinab ko‘ramiz.

Mavzuga oid boshqa foydali maqolalar

  1. Yunit-ekonomikani hisoblash nima uchun muhim? – https://usmondigital.uz/yunit-ekonomikani-hisoblash-nima-uchun-muhim/.
  2. B2B-Marketing-da Biznes-tahlil va Strategiya – Texnik ishlardan 2 baravar yuqoriroq qiymatga ega – 
    https://usmondigital.uz/oylik-biznes-tahlil-va-strategik-hisobot/.

B2B marketing yangiliklariga obuna bo‘ling

• Ekspertiza • Yangiliklar • Keyslar • Tahlillar


B2B biznesingizni tizimli rivojlantirishga tayyormisiz?

Qisqa brifni to‘ldiring. Biz loyihangizni o‘rganib chiqamiz va agar u bizning yo‘nalishimizga mos kelsa, birinchi uchrashuvgacha sohangizdagi bozor ko‘rsatkichlari asosida tegishli marketing strategiya, dastlabki saytingiz auditi va tijorat taklifini tayyorlab qo‘yamiz. Bu vaqtingizni tejaydi va strategik qaror qabul qilish uchun real prognozlarni beradi.