B2B-Marketing-da Biznes-tahlil va Strategiya – Texnik ishlardan 2 baravar yuqoriroq qiymatga ega

UsmonDigitil-da Oylik Biznes-tahlil va Strategik hisoboti strukturasi va namunasi

Kirish

Taktikasiz strategiya – g‘alabaga eltuvchi eng sekin yo‘l. Strategiyasiz taktika esa – mag‘lubiyat oldidagi shunchaki ovoragarchilik.

– Sun Szi

Assalomu alaykum himmati baland tadbirkorlar va o‘z ishini ustasi bo‘lgan yoki intiluvchan mutaxassis-marketologlar jamoasi (haqiqatdan ham bizni kuzatuvchilarimiz aynan shunday oliy maqsadli yetuk insonlar deb o‘ylaymiz). Bugun sizlar bilan biznes targ‘ibotidagi eng muhim masalalardan biri Oylik Biznes-tahlil va strategiya mavzusida so‘z olib boramiz.

Bir necha kun avval Telegram kanalimizdagi ushbu mavzuga oid o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari qiziq bo‘ldi, bu so‘rovnomani maqsadi biznes egalari ko‘zi bilan marketing tuzilmasidagi ikki fundamental tarkibiy qismlar qiymatini ko‘rish edi, aynan marketingda texnik ishlar va biznes tahlil va strategiya qismalarini o‘rni va taqsimoti. Hali so‘rovnomada ishtirok etib ulgurmagan bo‘lsangiz, ushbu havola orqali o‘tib, ishtirok eting va so‘rovnoma natijalari bilan tanishib chiqing. 

Endi ushbu so‘rovnomaga biz, ya‘ni marketing jamoasi ko‘zi bilan qaralganda, tajribamizdan kelib chiqib javob berishga harakat qilamiz.

Deyarli 10 yillik tajribamiz ko‘lamida, ancha-muncha bizneslarni biroz “yondan” kuzatish imkoniyati bo‘ldi, bu biznes salomatligi uchun juda foydali jarayon. Odatda biznes egalari operatsion ishlardan ortmaganliklari sababli yoki yetarli resurs (kvalifikatsiya, vaqt, instrumentlar) bo‘lmaganligi sababli , o‘z bizneslarini “yondan” kuzatishlari qiyin yoki imkonsiz bo‘ladi chunki bu «full / long time” jarayon, bir martalik yoki tez amalga oshiriladigan jarayon emas, balki tizimli, 5-chi nuqtani yoki sayohatchi jomadonni stulga mixlab o‘y-fikrga cho‘mib miyani gimnastika qildiradigan jarayon.

Shunday qilib, marketingda (va nafaqat marketingda), reklama kampaniyalarini to‘g‘ri sozlash va texnik boshqarish yetarli emas, balki maqsadga erishish uchun muntazam va tizimli to‘g‘ri  Biznes-tahlil va strategiyani olib borish ham muhim rol o‘ynaydi va buning ustiga, tajriba shuni ko‘rsatadiki, ikkinchisining birinchisidan qiymati taxminan 2 baravar og‘irroq. 

UsmonDigital-da Oylik Biznes-tahlil va Strategik hisoboti strukturasi va namunasini darhol ko‘rish uchun tegishli bo‘lgan 3-chi va 4-chi bloklarga o‘tishingiz mumkin.

Quyidagi bo‘limda esa biz UsmonDigital-da Biznes-tahlil va Strategik hisobotlariga yondashuvimizning asoslarini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.

Marketingning ikki ustuni

Ushbu maqolamizni bejiz quyidagi iqtibos bilan boshlamadik: 

Taktikasiz strategiya – g‘alabaga eltuvchi eng sekin yo‘l. Strategiyasiz taktika esa – mag‘lubiyat oldidagi shunchaki ovoragarchilik.

– Sun Szi

Oddiy misol, ozish uchun yugurishni o‘zi yetarli emas, shunday emasmi? Balki buning uchun aniq maqsad qo‘yish (necha kiloga ozmoqchiman), o‘shanga muvofiq dastur “yo‘l xaritasi” tuzish, kerakli yurak urush diapazonlarini hisoblash, qaysi kunlari, qaysi vaqtda va qancha vaqt davomida yugurish kerak, qaynday parhez talab qilinadi, kunlik iste‘mol kaloriyalari me‘yori kabi masalalarni inobatga olish kerak bo‘ladi. Keyin esa natijalarni tahlil qilib borish talab etiladi, boshlang‘ich strategiya maqsadli natijaga olib bormoqdami yo‘qmi kuzatib borish, natijasiga qarab strategiyani to‘g‘rilash yoki tegishli mavsum va joriy holatlarga moslashtirib borish kerak bo‘ladi.

Bularning barchasi taktika muhim emas deganimas albatta (marketingda taktik ishlar mavzusiga alohida yana to‘xtalamiz), bu yerda nozik nuqta, faqat “otni qamchilash” to‘g‘ri emasligini eslatmoqchimiz xolos, quyidagi “to‘rtburchak g‘ildirakli aravakash” holatiga tushib qolmaslik uchun, qaysiniki tez-tez eslab turish maqsadga muvofiq bo’ladi. Hikoyaning qisqa ma‘nosi quyidagicha:

Bir kishi yo‘lda to‘rtburchak g‘ildirakli aravani juda katta jismoniy kuch sarflab tortib ketayotgan bo‘ladi, buni kuzatib turgan yo‘lovchi u odamga maslahat beradi: 

– Aravangizning g‘ildiraklari to‘rtburchak ekan, shuning uchun juda qiynalyapsiz. Bir muddat to‘xtab, ularni yumaloq qilib, to‘g‘rilab olsangiz bo‘lmaydimi? Shunda aravangiz osonroq va tezroq yurar edi. 

Aravakashni javobi esa quyidagicha bo‘ladi: 

– Yo‘q, birodar, maslahat uchun tashakkur, lekin g‘ildirakni to‘g‘rilashga vaqtim yo‘q! Yukni tezroq manzilga yetkazishim kerak…

Ushbu masala ko‘pchiligimizning og‘riqli nuqtamiz, “gazini bosish”ni bilamiz lekin aravamiz g‘ildiraklari to‘rtburchakligiga va/yoki to‘g‘ri yo‘lda ketyapmizmi kabi masalalarga ahamiyat qilmaymiz, tahlil qilmaymiz, shu sabab gohida, aniqrog‘i aksariyat holatlarda, qayerga ketyapmiz, nima maqsadda, nima biz uchun yaxshi va yomon va ularning me’yorlari qanday, tezligimiz, sarf-xarajatlarimiz maqsadga muvofiqmi yo‘qmi bilmaymiz, tushunmaymiz va shu sabab manzilga yetay deganda chekinamiz yoki uzoq va baxtli aniq bo‘lmagan maqsad tomon resurslarimizni behuda yondirishda davom etamiz.

Shu sababli UsmonDigital-da mijozlarimiz bizneslariga hamkor darajasida chuqur kirishga harakat qilamiz. Hamkorlik uchun, oydek tiniq masala, natijalar faqat “win-win” bo‘lsagina har ikki tomon rivojlanadi va buning natijasida esa butun jamiyat rivojlanadi.

Demak, UsmonDigital-da yo‘nalish va g‘ildiraklarni to‘g‘rilash quyidagicha yo‘lga qo‘yilgan.

UsmonDigital-da Oylik Biznes-tahlil va Strategik hisobotlar strukturasi

UsmonDigital-da Oylik biznes tahlil va Strategiya hisobotlari quyidagi bo‘lim va bloklardan iborat: 

BOʻLIM I: STRATEGIK VA BIZNES TAHLIL

Mijoz top-menejmenti (CEO/CFO) uchun marketing investitsiyalarining pulga ta’sirini koʻrsatuvchi boʻlim.

  • Blok 1: Strategik sharh. Ushbu blok qat’iy ravishda «Oy sarhisobi (Natijalar) ➔ Tahlil va Insaytlar ➔ Keyingi oy uchun Strategik Reja» tizimida quriladi. Oyning eng katta yutuqlari va ogʻishlar sababi loʻnda yoziladi.
  • Blok 2: Asosiy biznes koʻrsatkichlari (Pullik kanallar): Reklama xarajatlari, jami va maqsadli lidlar, shartnomalar, CPL va CAC koʻrsatkichlarining MoM va YoY taqqoslama jadvali.
  • Blok 3: Plan-Fakt solishtiruvi va byudjet xulosalari: Oʻtgan oy boshida berilgan rejaning amaldagi fakt bilan solishtirmasi va byudjet ogʻishlari sababi.

BOʻLIM II: VORONKA VA KONVERSIYA TAHLILI

Mijozning toʻliq siklli analitikaga tayyorligiga (CRM, Calltracking) qarab ma’lumotlar shakllantiriladi.

  • Blok 4: Pullik kanallar boʻyicha toʻliq siklli analitika: Klikdan tortib yakuniy shartnoma imzolanishigacha boʻlgan toʻliq End-to-End zanjiri.
  • Blok 5: Yoʻnalishlar boʻyicha sotuvlar tahlili (Pullik kanallar): Biznes yoʻnalishlari yoki xizmat turlari kesimida tushum va lidlar segmentatsiyasi.
  • Blok 6: Bepul manbalardan sotuvlar va tavsiyalar: Toza reklama effektini koʻrish uchun bepul kanallarni alohida ajratish.
  • Blok 7: SQL Rate va WinRate oyma-oy dinamikasi: Lidlar sifati va sotuv boʻlimining konversiya kuchi dinamikasi (anomaliyalarni aniqlash).
  • Blok 8: Sotuv davri (Sotuv sikli): Mijozning shartnomagacha boʻlgan oʻrtacha vaqti (mavsumiylik va anomaliyalar tahlili).

BOʻLIM III: TIZIMLI VA TEXNIK OPTIMIZATSIYA

Sotuv voronkasidagi raqamlarni taʼminlagan texnik harakatlar va infratuzilma holati.

  • Blok 9: Gipotezalar jurnali va strategik oʻzgarishlar tarixi: Oy davomida kabinetlarda oʻtkazilgan testlar va strategik o‘zgarishlar tarixi.
  • Blok 10: QS-reyting dinamikasi va CPC tahlili: Kalit soʻzlar sifati va klik-lid narxiga (CPC-CPL) ta’sir qiluvchi Google Ads metrikalari.
  • Blok 11: Sayt / CRM tizimi boʻyicha audit takliflari va tavsiyalar: Audit natijasida aniqlangan kamchiliklar va infratuzilmaviy yechimlar.

BOʻLIM IV: KEYINGI OY STRATEGIYASI

Kelgusi davr uchun moʻljallar va investitsiya variantlari.

  • Blok 12: Biznes-matematika: Kelgusi oy uchun marketing koʻrsatkichlarining prognoz modeli.
  • Blok 13: Qoʻshimcha oʻsish imkoniyatlari: Yangi investitsiya kanallari (LinkedIn Ads, Telegram Ads, oʻzbekcha qidiruv reklamalari) prognozlari.
  • Blok 14: Mediaplan takliflari: Asosiy (oldingi oy kanallari) va Masshtablangan (oldingi oy kanallari + oʻsish imkoniyatidagi yangi kanal / -lar qoʻshilgan holatda) variantlar.
  • Blok 15: Keyingi oy uchun strategik ishlar rejasi: Jamoa o‘z oldiga qo‘ygan strategik vazifalar cheklisti.

Bu yerda ta’kidlab o’tish joizki, ushbu bloklarning to’liqligi va qiymati mijozning to’liq siklli analitikani o’z biznesiga joriy qilishga tayyorligiga (CRM, Calltrackging) va kerakli ma’lumotlarni (SQL, rad etish sabablari, lidlar va bitimlar sanalari, muvaffaqiyatli bitimlar, bitimlar miqdori kabi metrikalarni) taqdim etish darajasiga bog’liq.

Dono xalqimiz “Ming marta eshitgandan, bir marta ko‘rgan afzal” maqolasiga rioya qilgan holda quyida real keys asosida tuzilgan Oylik biznes tahlil va Strategiya hisobotini namunasi bilan bo‘lishamiz.

UsmonDigital-da Oylik Biznes-Tahlil va Strategik Hisoboti namunasi

Mavzuga oid qo‘shimcha foydali maqolalar

  1. Yunit-ekonomikani hisoblash nima uchun muhim? – https://usmondigital.uz/yunit-ekonomikani-hisoblash-nima-uchun-muhim/.
  2. O’zimiznikimi yoki yo’q: B2B-da GEO-omillar ishonchni qanday shakllantiradi (+660% konversiya keysi) – https://usmondigital.uz/b2b-geo-omillar-ishonch-keys-660/.

Sayoz suvda bo‘lar ekan faqat mayda baliq, 
Asl durlar uchun esa makon hozirlagan tubda Xoliq.

B2B marketing yangiliklariga obuna bo‘ling

• Ekspertiza • Yangiliklar • Keyslar • Tahlillar


B2B biznesingizni tizimli rivojlantirishga tayyormisiz?

Qisqa brifni to‘ldiring. Biz loyihangizni o‘rganib chiqamiz va agar u bizning yo‘nalishimizga mos kelsa, birinchi uchrashuvgacha sohangizdagi bozor ko‘rsatkichlari asosida tegishli marketing strategiya, dastlabki saytingiz auditi va tijorat taklifini tayyorlab qo‘yamiz. Bu vaqtingizni tejaydi va strategik qaror qabul qilish uchun real prognozlarni beradi.