10-sentyabr kuni Toshkentda Google ASR (Coob Ads) tomonidan o‘tkazilgan yopiq konferensiyada O‘zbekiston raqamli bozori, qidiruv tizimlari va reklama samaradorligi bo‘yicha muhim rasmiy ma’lumotlar taqdim etildi.
Ushbu maqolada konferensiyada ko‘tarilgan asosiy tendensiyalar, Google e’lon qilgan sun’iy intellekt instrumentlari hamda UsmonDigital-ning Consulting Partners, TerraPro, Medi Unex va Travel Skills kabi B2B, E-commerce va Gibrid (B2B/B2C) loyihalarimizda qay turdagi ishonchli signallardan foydalanayotganimiz amaliyoti bilan bo‘lishamiz.
O‘zbekiston raqamli bozori: Qidiruv tizimlaridagi joriy ko‘rsatkichlar
Google va rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda raqamli muhit va foydalanuvchilar faolligi sezilarli o‘sgan:
Internet qamrovi: Internet foydalanuvchilari soni 36.2 mln kishiga yetdi (aholining 94% qismi).
Qidiruv tizimlari ulushi: O‘zbekistondagi har 4 ta qidiruv so‘rovining 3 tasi (74%) Google Qidiruv hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. (Bizning 2026-yil may oyidagi tahlilimizga ko’ra Google-ning qidiruvdagi ulushi 72% tashkil qilgan edi).
Qidiruv reklamasining unumdorligi: Google Ads tizimida Qidiruv reklamalari sarflanayotgan byudjetlarning 11.3% qismini tashkil etsa-da, barcha konversiyalarning 20% qismini keltirmoqda.
Bu yerda ta’kidlab o’tish kerakki, O‘zbekistondagi Google Ads reklama byudjetlarining deyarli 80% qismi (79.3%) mobil ilovalar targ‘ibotiga (App campaigns) to‘g‘ri kelmoqda va bu bozorning asosiy ulushini bank/fintex ilovalari hamda E-commerce Marketplace-lari egallab turibdi.
Google ASR 2026: Tashkent Hilton Hotel zalidagi rasmiy taqdimot jarayoni.
Google AI Max: Qidiruv imkoniyatlarini sun’iy intellekt bilan kengaytirish
B2B segmentida foydalanuvchilarning qidiruv so‘rovlari doimiy ravishda o‘zgarib va murakkablashib boradi. An’anaviy «aniq moslik» yoki “iboraviy moslik” kalit so‘zlari bilan cheklanib qolish potentsial xaridorlarni o‘tkazib yuborishga sabab bo’lishi mumkin.
Google tomonidan e’lon qilingan yangi AI Max qidiruv vositasi uchta texnologik ustunga tayanilishi ta’kidlanmoqda:
Qidiruv so‘rovlarini intellektual moslashtirish: Keng moslik (broad match) va sun’iy intellekt algoritmlari orqali foydalanuvchi so‘rovining tub ma’nosini va qidiruv niyatini (intent-ni) aniqlash.
E’lon matnlarini avtomatik moslashtirish: E’lon sarlavhalari va matnlarini foydalanuvchi so‘roviga moslab real vaqt rejimida dinamik o‘zgartirish.
Yakuniy URL manzilini kengaytirish: Qidiruv maqsadiga ko‘ra foydalanuvchini saytning eng mos keladigan ichki sahifasiga yo‘naltirish.
Google Ads-ning yangi algoritmlari va imkoniyatlari taqdimoti.
Yopiq taqdimotdagi B2B/IT keys natijalari:
Konferensiyada B2B va dasturiy ta’minot yo‘nalishidagi yopiq keys tahlilida ushbu sun’iy intellekt vositasi qo‘llanilishi natijasida bir xil kunlik byudjet doirasida zayavka narxi (CPA) 31.75% ga arzonlashgani, konversiya darajasi (CR) +72.07% ga oshgani va reklamaga qilingan xarajatlar qaytimi (ROAS) +41.46% ga yaxshilangani ko‘rsatildi.
Biz UsmonDigital jamoasi ushbu AI Max vositasini o‘z loyihalarimizda bosqichma-bosqich test qilishni boshladik va amaliy testlarimiz natijalari bilan alohida Inshaalloh ulashamiz.
PMax kampaniyalarini ishonchli signallar bilan oziqlantirish: UsmonDigital amaliyoti
B2B va e-commerce marketingida eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xato – bu avtomatlashtirilgan Performance Max (PMax) kampaniyalarini shunchaki saytdagi oddiy formani to‘ldirishga optimallashtirishdir.
Agar reklama algoritmiga «Menga shunchaki zayavka keltir» deyilsa, u eng ko‘p va oson forma to‘ldiradigan, lekin real xarid qobiliyati bo‘lmagan (yoki bot) auditoriyani topib keladi. Algoritmga sifatsiz signal berilsa, u sifatsiz trafikni ko‘paytirib beradi.
Ushbu muammoni hal qilish va PMax/KMT algoritmlariga botlar bajara olmaydigan ishonchli signallarni uzatish bo‘yicha loyihalarimizda quyidagi amaliy yechimlar qo’llamoqdamiz:
Consulting Partners (B2B xizmatlar va konsalting): Saytdagi oddiy zayavka bilan cheklanmay, Binotel dinamik kolltreking tizimini ulaganmiz. Sotuv menejeri CRM tizimida mijoz bilan gaplashib, uni «Sifatli lid» deb belgilaganda, ushbu haqiqiy signal Google kabinetiga konversiya sifatida qaytariladi.
Medi Unex va TerraPro (B2B E-commerce, B2C E-commerce): Saytda kengaytirilgan elektron tijorat (Ecommerce tracking) sozlanib, ishonchli signal sifatida faqat real xarid “purchase” hodisasi hamda mavjud xaridorlar bazasi (Customer Match) uzatiladi.
Travel Skills (B2B/B2C ta’lim platformasi): Spam va bot-zayavkalar tozaligini oshirish uchun hozirda saytdagi shakllarda maxsus «honeypot» (botlarni tuzoqqa tushiruvchi yashirin maydon) texnologiyasini testdan o‘tkazmoqdamiz.
Botlar na real xaridni amalga oshira oladi (sms orqali tasdiqlash kerak bo’ladi), na CRM-da sotuvchining suhbatidan o‘ta oladi. Natijada PMax algoritmi faqat toza va real xaridorlar profilini izlashga majbur bo‘ladi.
Google Ads skriptlari: Reklama maydonchalarini avtomatik tozalash
Google bannerli reklama (KMT) tarmoqlarida reklama ko‘rsatishda asosiy muammo – bu sifatsiz saytlar, mobil o‘yinlar va bot-trafigi ko‘p bo‘lgan ilovalarda byudjetning besamar ketishidir.
Konferensiyada taqdim etilgan texnik yechimlardan biri – bu JavaScript tilida yoziladigan avtomatlashtirilgan Google Ads skriptlaridir. Bu turdagi skriptlar umumiy holda quyidagicha ishlaydi:
Skript har kuni belgilangan vaqtda (masalan, soat 18:00 da) avtomatik ravishda barcha reklama ko‘rsatilgan saytlarni yuklab oladi.
Oldindan belgilangan taqiqlangan domenlar va samarasi qoniqarli bo’lmagan manbalarni tekshiradi (skript tekshirish triggerlani turli shartlar bilan sozlash mumkin).
Keraksiz va bot-saytlarni avtomatik ravishda istisnolar ro‘yxatiga joylaydi.
Google KMT hamkorlik tarmog‘i 2 milliondan ortiq sayt va mobil ilovalarni o‘z ichiga olganligi sababli bu turdagi skriptlar namoyish maydonlari nazoratida zaruriy instrumentlardan hisoblanadi.
Ushbu avtomatlashtirish natijasida reklama ko‘rsatuvchi maydonchalarni qo‘lda tozalash vaqti tejaladi, klik narxi sezilarli arzonlashadi va bot-trafigi ulushi sezilarli darajada kamayishi mumkin.
UsmonDigital strategik xulosasi
Google ASR 2026 konferensiyasi materiallari va bizning amaliy tajribamiz shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy Performance-marketing shunchaki «reklama sozlash» emas, balki Analitika + CRM + Sifatli Signallar uzviyligida ishlagandagina kutilgan natija berishi mumkin.
B2B va loyihalar uchun tavsiyalarimiz:
Qidiruv kampaniyalarida faqat tor iboralar bilan cheklanmay, AI Max va Keng moslik imkoniyatlarini ehtiyotkorlik bilan sinab ko‘rish.
Reklama kabinetini faqat sayt formasi bilan emas, CRM va kolltreking bilan bog‘lab, sifatli signallarni algoritmga qaytarish.
Marketing samaradorligini shunchaki zayavka narxi (CPL) bilan emas, Sifatli lid narxi (CPQL) va Mijozni jalb qilish narxi (CAC) metriklari orqali baholash.
UsmonDigital jamoasi Google ASR 2026 konferensiyasida.
B2B biznesingizni tizimli rivojlantirishga tayyormisiz?
Qisqa brifni to‘ldiring. Biz loyihangizni o‘rganib chiqamiz va agar u bizning yo‘nalishimizga mos kelsa, birinchi uchrashuvgacha sohangizdagi bozor ko‘rsatkichlari asosida tegishli marketing strategiya, dastlabki saytingiz auditi va tijorat taklifini tayyorlab qo‘yamiz. Bu vaqtingizni tejaydi va strategik qaror qabul qilish uchun real prognozlarni beradi.
31-avgust kuni Yandex Direct geografik targetlash tizimida muhim yangilikni e’lon qildi. Endilikda reklamalarni sozlashda «Kengaytirilgan geografik targetlash» tugmasi kabinetlardan butunlay olib tashlandi.
Ushbu maqolada yangilikning mohiyati, “kengaytirilgan geografik targeting”ni boshqarishning muqobil usullari hamda UsmonDigital jamoasining Medi Unex B2B loyihasidagi amaliy keysi va strategik xulosalarini tahlil qilamiz.
Rasmiy yangilik: Yandex algoritmlarida nima o‘zgardi?
Yandex Direct vakillarining ta’kidlashicha, zamonaviy foydalanuvchilar bir joyda muqim bo’lishmaydi – ular shaharlar va davlatlar o‘rtasida safaralarda bo’lishlari mumkin. Shu sababli, kengaytirilgan geo-targetlash funksiyasi alohida sozlama emas, balki standart geotargetingning ajralmas qismiga aylantirildi.
Yandex Direct rasmiy yangiligiga ko‘ra, yangi algoritm real vaqt rejimida quyidagi signallarni tahlil qiladi:
Foydalanuvchining joriy geolokatsiyasi (hatto geolokatsiya yashirilgan yoki o‘zgartirilgan bo‘lsa ham).
Qidiruv so‘rovlarining konteksti (masalan, Moskvada turib «Toshkentda logistika xizmati» deb qidirish).
Avvalgi xaridlar va xulq-atvor tarixi (muntazam ravishda qaysi hududdan xaridlar amalga oshirishi).
Yandex va’da qilayotgan afzalliklar:
Geolokatsiyani uzatmaydigan yoki o’zgartirib ishlatadigan foydalanuvchilarni qamrab olish (VPN foydalanuvchilari shular jumlasidan).
Boshqa hududda vaqtincha (xizmat safarida) bo‘lib turgan, lekin maqsadli hududda xarid qiluvchi auditoriyani yo‘qotmaslik.
Amaliy tahlil
Nazariy jihatdan bu konversiyalar sonini oshirishi kerak, ammo amaliyotda har bir B2B soha uchun ham ushbu avtomatlashtirish mos kelmasligi mumkin. PPC-hamjamiyatidagi texnik tahlillarni o‘rgangan holda, ushbu yangilanishdagi quyidagi tuzoqlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Hududiy korrektirovka mantig‘i va -90% cheklovi:
Sozlamalarda kengaytirilgan geoni o‘chirish tugmasi yo‘qligi sababli, Yandex-da standart holatda «Hududlar bo‘yicha korrektirovka» orqali nojo‘ya hududlarni cheklashni imkoniyati mavjud.
Kamchiligi: Yandex-da ushbu geografik korrektirovkalarga maksimal -90% limit qo’yilgan. Bu usul bilan reklamani nojo‘ya hududlarda -100% qilib, butunlay to‘xtatib bo‘lmaydi.
Murakkabligi: Maqsadli bo‘lmagan hududlardan keladigan trafikni boshqarish uchun har bir shahar va davlat bo‘yicha korrektirovkalarni qo‘lda kiritib chiqish talab etiladi. «Targ‘ibot hududidan tashqari barcha joylar» degan universal tugma yo‘q.
Qanday tekshirish kerak?
Kengaytirilgan geoga qarshi kurashish shartmi-yo‘qligini bilish uchun Hisobotlar bo’limida «Target Hudud» va «Foydalanuvchi joylashuvi» kesimlarini solishtirish lozim. Agar maqsadli bo‘lmagan hududlardan kelayotgan konversiya darajasi (CR) va lid narxi (CPA) yunit-ekonomikaga yaqqol to’g’ri kelmasa – cheklov choralarini ko‘rish maqsadga muvofiq aks holda bir muddat kuzatish o’rinli bo’ladi (bu mavzuni batafsilroq pastki bo’limlarda yoritamiz).
UsmonDigital Keysi: Medi Unex loyihasi amaliyoti
Biznes uchun bir martalik sarf materiallari hamda shaxsiy himoya vositalari ishlab chiqaruvchisi va B2B e-commerce yetkazib beruvchisi hisoblangan Medi Unex loyihamizda qiziq holat yuzaga keldi: mijozimizning Rossiyada joylashgan mutaxassislari O‘zbekiston hududi uchun mo‘ljallangan reklama e’lonlarini ko‘rishayotgani bo‘yicha xabar berishdi (ular O‘zbekistonga kelib-ketib turishgani sababli Yandex ularni maqsadli auditoriya deb hisoblagan).
Ushbu holatda biz Yandex taqdim etgan standart -90%li cheklov-dan biroz boshqacharoq yo’l tutdik:
Yandex Metrika segmentatsiyasi: Dastlab Yandex Metrikada O‘zbekistondan tashqari barcha davlatlardan kirgan foydalanuvchilar bo’yicha segment yaratib oldik.
YD Auditoriya korrektirovkasi (-100%): Yandex Direct-dagi «Auditoriyani tanlash shartlari« bo‘limi orqali yaratilgan segmentga -100% stavka korrektirovkasi o‘rnatildi. Bu geografik cheklovdan farqli ravishda, Yandex interfeysida to‘liq -100% bloklashga ruxsat beradi.
Qat’iy minus-so‘zlar: Barcha kampaniyalarda (Retargeting kampaniyasidan tashqari) xalqaro toponimlar (shahar va davlat nomlari) qat’iy minus qilindi.
Natija:
Yandex Metrika ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu optimallashtirishdan so‘ng O‘zbekiston ichki trafigining tozalik ulushi quyidagicha o‘zgardi:
Optimallashtirishgacha (12–15 sentyabr): O‘zbekiston trafigi ulushi 95,95%.
Optimallashtirishdan so‘ng (19–22 sentyabr): O‘zbekiston trafigi ulushi 96,77%.
O‘sish: Trafik tozaligi +0,82% ga oshdi.
Chet el trafigi 100% bloklanmaganligi sabablari quyidagilar hisoblanadi:
1. Segment korrektirovkasi foydalanuvchi 2-chi tashrifidan boshlab amal qiladi;
2. Biz Retarget kampaniyasi uchun chet el toponimlarini maqsadli ravishda «minus” qilmadik.
Ikki usul taqqoslamasi: Standart va UsmonDigital Yechimi
Ko‘rsatkich / Sozlama
Standart Hududiy Korrektirovka
UsmonDigital Yechimi (Metrika Segmentatsiyasi)
Maksimal cheklov
Maksimal -90% (Yandex sun’iy limiti mavjud)
To‘liq -100% (Auditoriya segmentlarida to’liq cheklov ruxsat berilgan)
Sozlash murakkabligi
Har bir shahar/davlatni qo‘lda kiritish talab etiladi
Target hududdan tashqari barcha davlatlar 1 segment yordamida bloklanishi mumkin
Natija
Nojo‘ya trafikning 10% qismi baribir o‘tib turadi
Nojo‘ya trafik amalda to‘liq bloklanadi (2-chi tashrifdan boshlab)
Qo’shimcha izoh: Biz qo’llagan yechimda ham chet el trafigi darhol 100% cheklanmaydi, “Auditoriya korrektirovkasi” chet eldan kirgan eski foydalanuvchilar uchun va yangi kirishi mumkin bo’lgan foydalanuvchilarning ikkinchi tashrifidan boshlab amal qiladi.
Strategik xulosa
Medi Unex keysida biz mijozning aniq so‘rovi va xavotirini bartaraf etish uchun ushbu filtrlashni amalga oshirdik.
Biroq, B2B marketingda muhim jihat bor:
Chetdan kelayotgan 3–4% trafik har doim ham «samarasiz xarajat» emas. B2B segmentida VPN-dan foydalanishi mumkin bo’lgan xarid bo‘limi rahbarlari, xizmat safaridagi qaror qabul qiluvchi shaxslar va chet ellik hamkorlar aynan ushbu «kengaytirilgan geo» orqali bizni topishlari va qiymati yuqori bo’lgan B2B shartnomalarni tuzishlari mumkin.
Ortiqcha filtrlash oqibatida 3-4% chet el kliklaridan 50-60$ tejayman deb, qiymati taqqoslab boʻlmaydigan darajada koʻp bo‘lgan yirik B2B shartnomalarni yo‘qotish xatari bor.
Bizning tavsiyalar:
Qaror qabul qilishda raqamlarga tayanish to’g’riroq bo’ladi, aynan ushbu vaziyatda Kengaytirilgan geografik targetlash zarar hajmini “Foydalanuvchilar joylashuvi” hisobotlari orqali o’rganish va «o’lchab” ko’rish mumkin.
Agar chet el trafigidan foydali lidlar olish ehtimoli bo’lsa, uni sun’iy ravishda -100% bloklashga shoshilmaslik samaraliroq bo’lishi mumkin.
Marketingda shunchaki «kliklar tozaligi» uchun emas, balki har bir so’m reklama investitsiyasining real biznes ko‘rsatkichlariga (CAC, LTV, ROMI) ta’sirini inobatga olib qaror qabul qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
B2B biznesingizni tizimli rivojlantirishga tayyormisiz?
Qisqa brifni to‘ldiring. Biz loyihangizni o‘rganib chiqamiz va agar u bizning yo‘nalishimizga mos kelsa, birinchi uchrashuvgacha sohangizdagi bozor ko‘rsatkichlari asosida tegishli marketing strategiya, dastlabki saytingiz auditi va tijorat taklifini tayyorlab qo‘yamiz. Bu vaqtingizni tejaydi va strategik qaror qabul qilish uchun real prognozlarni beradi.
2026-yil 4-avgust kuni UsmonDigital agentligi O‘zbekistondagi rasmiy Google Ads savdo vakili – Coob Ads (Official Google Ads Sales Representative) bilan strategik hamkorlik shartnomasini imzoladi. UsmonDigital uchun ushbu qadam shunchaki rasmiy nom yoki status emas, balki Google ASR dasturi doirasidagi yangi imkoniyatlar bizga reklama kampaniyalarining har bir bosqichida xavflarni kamaytirish, stavkalarni aniqroq boshqarish va mijozlarimiz uchun barqaror o‘sishni ta’minlash imkonini beradi.
Google Ads va Yandex Ads: Dual-ekotizim ustunligi
Yandex Ads bilan rasmiy hamkorligimiz, Yandex mutaxassislari bilan to‘g‘ridan-to‘g me’yordagi aloqalar, birgalikdagi izlanishlar va UsmonDigital jamoamiz uchun o‘tkazib kelinayotgan eksklyuziv ichki vebinarlar allaqachon ish tartibimiz standartiga aylangan.
Endilikda Google ASR bilan imzolangan bitim ushbu tajribani Google ekotizimida ham yangi sifatli bosqichga olib chiqishiga umid qilamiz va ishonamiz. Natijada B2B mijozlarimiz O‘zbekistondagi ikkala asosiy kontekst reklama tizimida ham eng yuqori darajadagi ekspertiza va to‘g‘ridan-to‘g‘ri texnik qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘ladilar.
Ushbu hamkorlik B2B mijozlarimiz biznesiga nima beradi?
Google Beta-mahsulotlariga ustuvor kirish: Reklama kabinetlaridagi eng so‘nggi texnologiyalar, AI-optimallashtirish va hali ommaga taqdim etilmagan beta-instrumentlarni mijozlarimiz loyihalarida birinchilardan bo‘lib test qilish imkoniyati.
Google Ads ekspertlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri audit: Google Ads, Google Analytics 4 (GA4), Google Tag Manager (GTM) va Google Merchant Center bo‘yicha Google ASR sertifikatlangan mutaxassislarining ekspertlik qo‘llab-quvvatlovi va chuqur texnik tahlillari.
Eksklyuziv bozor insaytlari va yopiq tadbirlar: O‘zbekiston va global bozor vertikallari bo‘yicha tahliliy obzorlar hamda faqat Google ASR hamkorlari uchun o‘tkaziladigan yopiq B2B uchrashuvlarda ishtirok etish.
Tizimli hamkorlikni brifdan boshlang
Reklama kampaniyalaringizni yangi texnologik darajaga olib chiqish va reklama investitsiyalaringiz samarasini to’g’ri o‘lchash uchun hamkorlikni brifimizni to‘ldirishdan boshlang:
B2B biznesingizni tizimli rivojlantirishga tayyormisiz?
Qisqa brifni to‘ldiring. Biz loyihangizni o‘rganib chiqamiz va agar u bizning yo‘nalishimizga mos kelsa, birinchi uchrashuvgacha sohangizdagi bozor ko‘rsatkichlari asosida tegishli marketing strategiya, dastlabki saytingiz auditi va tijorat taklifini tayyorlab qo‘yamiz. Bu vaqtingizni tejaydi va strategik qaror qabul qilish uchun real prognozlarni beradi.
Google maqsadli lid narxi (Target CPA) va reklama xarajatining qaytishi (Target ROAS) strategiyalariga jiddiy o’zgartirish kiritdi – endilikda reklama kampaniya xarajatlari ushbu ko’rsatkichlariga qat’iy intilishini ma’lum qildi. Ushbu o’zgarish 17 avgustdan boshlab amal qilishni boshladi.
Nima o‘zgardi?
Ilgari, agar sizning reklama kampaniyangiz «Byudjet bilan cheklangan» statusida bo‘lsa va tizim siz belgilagan maqsaddan ancha arzonroq lid olib kelayotgan bo‘lsa (masalan: maqsad $10 qilib qo‘yilgan, lekin amalda $5 dan lid kelayotgan bo‘lsa), Google sun’iy ravishda narxni oshirmas edi.
Endi esa: Google algoritmi byudjeti cheklangan kampaniyalarni ham siz belgilagan Target CPA/ROAS chegarasiga bosqichma-bosqich yaqinlashtiradi. Ya’ni, agar limit $10 bo‘lsa va amalda $5 ga tushayotgan bo‘lsa, algoritmlar narxni sekin-asta $10 ga qarab ko‘taradi!
Va aksincha sizni maqsadli lid narxingiz 5$ va ushbu ko’rsatkich Target CPA qilib qo’yilgan bo’lsa kampaniyangiz «Byudjet bilan cheklangan» statusida bo‘lsa ham natijalarni, hatto byudjetga o‘zgartirish kiritilganda ham, maqsadli stavkaga yanada barqaror mos kelishini ta’minlaydi. Bu sizga kampaniya natijalarini biznesingiz iqtisodiyotiga to’g’ri keladigan narxlarda lid olib kelishini va natijalarni oldindan yanada aniqroq taxmin qilish imkonini beradi.
Bu biznes uchun qanday ahamiyatga ega?
Ushbu yangilik o’z yunit-ekonomikasini doimiy hisoblab, tahlil qilib boruvchi kompaniyalar va marketing jamoalari uchun juda zo’r imkoniyat bo’lishi mumkin: maqsadli lid narxi (Target CPA) va reklama xarajatining qaytishi (Target ROAS) ko’rsatkichlariga erishish barqarorlashishi va aniqroq prognoz qilish imkonini berishi mumkin.
Aksincha reklama kampaniyalarni natijalarini biznes ko’rsatkichlar bilan bog’lay olmaydigan yoki to’g’ri bog’lay olmaydigan kompaniyalar uchun lid va mijoz narxining oshishiga olib kelishi mumkin.
Va ushbu jaroyan, ya’ni reklama kabinetlaridagi maqsadli ko‘rsatkichlarni (tCPA, tROAS) doimiy tahlil qilib, biznes natijalari bilan bog’lab, tuzatishlar kiritib borilishi – bu marketingning biznes rivoji uchun qo’shishi mumkin bo’lgan eng qimmatli hissalardan biri.
Biz, marketing va biznes ko‘rsatkichlari bog‘likliklarini doimiy va chuqur tahlil va taftish qiluvchi jamoa sifatida, ushbu Google yangiligini biznes iqtisodiyoti uchun samarali o‘zgarish deb baholadik, kutuvlarimiz ijobiy va endi amalda yangi algoritm o‘zini qanday tutishini sinab ko‘ramiz.
B2B biznesingizni tizimli rivojlantirishga tayyormisiz?
Qisqa brifni to‘ldiring. Biz loyihangizni o‘rganib chiqamiz va agar u bizning yo‘nalishimizga mos kelsa, birinchi uchrashuvgacha sohangizdagi bozor ko‘rsatkichlari asosida tegishli marketing strategiya, dastlabki saytingiz auditi va tijorat taklifini tayyorlab qo‘yamiz. Bu vaqtingizni tejaydi va strategik qaror qabul qilish uchun real prognozlarni beradi.
Taktikasiz strategiya – g‘alabaga eltuvchi eng sekin yo‘l. Strategiyasiz taktika esa – mag‘lubiyat oldidagi shunchaki ovoragarchilik.
– Sun Szi
Assalomu alaykum himmati baland tadbirkorlar va o‘z ishini ustasi bo‘lgan yoki intiluvchan mutaxassis-marketologlar jamoasi (haqiqatdan ham bizni kuzatuvchilarimiz aynan shunday oliy maqsadli yetuk insonlar deb o‘ylaymiz). Bugun sizlar bilan biznes targ‘ibotidagi eng muhim masalalardan biri Oylik Biznes-tahlil va strategiya mavzusida so‘z olib boramiz.
Bir necha kun avval Telegram kanalimizdagi ushbu mavzuga oid o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari qiziq bo‘ldi, bu so‘rovnomani maqsadi biznes egalari ko‘zi bilan marketing tuzilmasidagi ikki fundamental tarkibiy qismlar qiymatini ko‘rish edi, aynan marketingda texnik ishlar va biznes tahlil va strategiya qismalarini o‘rni va taqsimoti. Hali so‘rovnomada ishtirok etib ulgurmagan bo‘lsangiz, ushbu havola orqali o‘tib, ishtirok eting va so‘rovnoma natijalari bilan tanishib chiqing.
Endi ushbu so‘rovnomaga biz, ya‘ni marketing jamoasi ko‘zi bilan qaralganda, tajribamizdan kelib chiqib javob berishga harakat qilamiz.
Deyarli 10 yillik tajribamiz ko‘lamida, ancha-muncha bizneslarni biroz “yondan” kuzatish imkoniyati bo‘ldi, bu biznes salomatligi uchun juda foydali jarayon. Odatda biznes egalari operatsion ishlardan ortmaganliklari sababli yoki yetarli resurs (kvalifikatsiya, vaqt, instrumentlar) bo‘lmaganligi sababli , o‘z bizneslarini “yondan” kuzatishlari qiyin yoki imkonsiz bo‘ladi chunki bu «full / long time” jarayon, bir martalik yoki tez amalga oshiriladigan jarayon emas, balki tizimli, 5-chi nuqtani yoki sayohatchi jomadonni stulga mixlab o‘y-fikrga cho‘mib miyani gimnastika qildiradigan jarayon.
Shunday qilib, marketingda (va nafaqat marketingda), reklama kampaniyalarini to‘g‘ri sozlash va texnik boshqarish yetarli emas, balki maqsadga erishish uchun muntazam va tizimli to‘g‘ri Biznes-tahlil va strategiyani olib borish ham muhim rol o‘ynaydi va buning ustiga, tajriba shuni ko‘rsatadiki, ikkinchisining birinchisidan qiymati taxminan 2 baravar og‘irroq.
UsmonDigital-da Oylik Biznes-tahlil va Strategik hisoboti strukturasi va namunasini darhol ko‘rish uchun tegishli bo‘lgan 3-chi va 4-chi bloklarga o‘tishingiz mumkin.
Quyidagi bo‘limda esa biz UsmonDigital-da Biznes-tahlil va Strategik hisobotlariga yondashuvimizning asoslarini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Marketingning ikki ustuni
Ushbu maqolamizni bejiz quyidagi iqtibos bilan boshlamadik:
Taktikasiz strategiya – g‘alabaga eltuvchi eng sekin yo‘l. Strategiyasiz taktika esa – mag‘lubiyat oldidagi shunchaki ovoragarchilik.
– Sun Szi
Oddiy misol, ozish uchun yugurishni o‘zi yetarli emas, shunday emasmi? Balki buning uchun aniq maqsad qo‘yish (necha kiloga ozmoqchiman), o‘shanga muvofiq dastur “yo‘l xaritasi” tuzish, kerakli yurak urush diapazonlarini hisoblash, qaysi kunlari, qaysi vaqtda va qancha vaqt davomida yugurish kerak, qaynday parhez talab qilinadi, kunlik iste‘mol kaloriyalari me‘yori kabi masalalarni inobatga olish kerak bo‘ladi. Keyin esa natijalarni tahlil qilib borish talab etiladi, boshlang‘ich strategiya maqsadli natijaga olib bormoqdami yo‘qmi kuzatib borish, natijasiga qarab strategiyani to‘g‘rilash yoki tegishli mavsum va joriy holatlarga moslashtirib borish kerak bo‘ladi.
Bularning barchasi taktika muhim emas deganimas albatta (marketingda taktik ishlar mavzusiga alohida yana to‘xtalamiz), bu yerda nozik nuqta, faqat “otni qamchilash” to‘g‘ri emasligini eslatmoqchimiz xolos, quyidagi “to‘rtburchak g‘ildirakli aravakash” holatiga tushib qolmaslik uchun, qaysiniki tez-tez eslab turish maqsadga muvofiq bo’ladi. Hikoyaning qisqa ma‘nosi quyidagicha:
Bir kishi yo‘lda to‘rtburchak g‘ildirakli aravani juda katta jismoniy kuch sarflab tortib ketayotgan bo‘ladi, buni kuzatib turgan yo‘lovchi u odamga maslahat beradi:
– Aravangizning g‘ildiraklari to‘rtburchak ekan, shuning uchun juda qiynalyapsiz. Bir muddat to‘xtab, ularni yumaloq qilib, to‘g‘rilab olsangiz bo‘lmaydimi? Shunda aravangiz osonroq va tezroq yurar edi.
Aravakashni javobi esa quyidagicha bo‘ladi:
– Yo‘q, birodar, maslahat uchun tashakkur, lekin g‘ildirakni to‘g‘rilashga vaqtim yo‘q! Yukni tezroq manzilga yetkazishim kerak…
Ushbu masala ko‘pchiligimizning og‘riqli nuqtamiz, “gazini bosish”ni bilamiz lekin aravamiz g‘ildiraklari to‘rtburchakligiga va/yoki to‘g‘ri yo‘lda ketyapmizmi kabi masalalarga ahamiyat qilmaymiz, tahlil qilmaymiz, shu sabab gohida, aniqrog‘i aksariyat holatlarda, qayerga ketyapmiz, nima maqsadda, nima biz uchun yaxshi va yomon va ularning me’yorlari qanday, tezligimiz, sarf-xarajatlarimiz maqsadga muvofiqmi yo‘qmi bilmaymiz, tushunmaymiz va shu sabab manzilga yetay deganda chekinamiz yoki uzoq va baxtli aniq bo‘lmagan maqsad tomon resurslarimizni behuda yondirishda davom etamiz.
Shu sababli UsmonDigital-da mijozlarimiz bizneslariga hamkor darajasida chuqur kirishga harakat qilamiz. Hamkorlik uchun, oydek tiniq masala, natijalar faqat “win-win” bo‘lsagina har ikki tomon rivojlanadi va buning natijasida esa butun jamiyat rivojlanadi.
Demak, UsmonDigital-da yo‘nalish va g‘ildiraklarni to‘g‘rilash quyidagicha yo‘lga qo‘yilgan.
UsmonDigital-da Oylik Biznes-tahlil va Strategik hisobotlar strukturasi
UsmonDigital-da Oylik biznes tahlil va Strategiya hisobotlari quyidagi bo‘lim va bloklardan iborat:
BOʻLIM I: STRATEGIK VA BIZNES TAHLIL
Mijoz top-menejmenti (CEO/CFO) uchun marketing investitsiyalarining pulga ta’sirini koʻrsatuvchi boʻlim.
Blok 1: Strategik sharh. Ushbu blok qat’iy ravishda «Oy sarhisobi (Natijalar) ➔ Tahlil va Insaytlar ➔ Keyingi oy uchun Strategik Reja» tizimida quriladi. Oyning eng katta yutuqlari va ogʻishlar sababi loʻnda yoziladi.
Blok 2: Asosiy biznes koʻrsatkichlari (Pullik kanallar): Reklama xarajatlari, jami va maqsadli lidlar, shartnomalar, CPL va CAC koʻrsatkichlarining MoM va YoY taqqoslama jadvali.
Blok 3: Plan-Fakt solishtiruvi va byudjet xulosalari: Oʻtgan oy boshida berilgan rejaning amaldagi fakt bilan solishtirmasi va byudjet ogʻishlari sababi.
BOʻLIM II: VORONKA VA KONVERSIYA TAHLILI
Mijozning toʻliq siklli analitikaga tayyorligiga (CRM, Calltracking) qarab ma’lumotlar shakllantiriladi.
Blok 4: Pullik kanallar boʻyicha toʻliq siklli analitika: Klikdan tortib yakuniy shartnoma imzolanishigacha boʻlgan toʻliq End-to-End zanjiri.
Blok 5: Yoʻnalishlar boʻyicha sotuvlar tahlili (Pullik kanallar): Biznes yoʻnalishlari yoki xizmat turlari kesimida tushum va lidlar segmentatsiyasi.
Blok 6: Bepul manbalardan sotuvlar va tavsiyalar: Toza reklama effektini koʻrish uchun bepul kanallarni alohida ajratish.
Blok 7: SQL Rate va WinRate oyma-oy dinamikasi: Lidlar sifati va sotuv boʻlimining konversiya kuchi dinamikasi (anomaliyalarni aniqlash).
Blok 8: Sotuv davri (Sotuv sikli): Mijozning shartnomagacha boʻlgan oʻrtacha vaqti (mavsumiylik va anomaliyalar tahlili).
BOʻLIM III: TIZIMLI VA TEXNIK OPTIMIZATSIYA
Sotuv voronkasidagi raqamlarni taʼminlagan texnik harakatlar va infratuzilma holati.
Blok 9: Gipotezalar jurnali va strategik oʻzgarishlar tarixi: Oy davomida kabinetlarda oʻtkazilgan testlar va strategik o‘zgarishlar tarixi.
Blok 10: QS-reyting dinamikasi va CPC tahlili: Kalit soʻzlar sifati va klik-lid narxiga (CPC-CPL) ta’sir qiluvchi Google Ads metrikalari.
Blok 11: Sayt / CRM tizimi boʻyicha audit takliflari va tavsiyalar: Audit natijasida aniqlangan kamchiliklar va infratuzilmaviy yechimlar.
BOʻLIM IV: KEYINGI OY STRATEGIYASI
Kelgusi davr uchun moʻljallar va investitsiya variantlari.
Blok 12: Biznes-matematika: Kelgusi oy uchun marketing koʻrsatkichlarining prognoz modeli.
Blok 13: Qoʻshimcha oʻsish imkoniyatlari: Yangi investitsiya kanallari (LinkedIn Ads, Telegram Ads, oʻzbekcha qidiruv reklamalari) prognozlari.
Blok 14: Mediaplan takliflari: Asosiy (oldingi oy kanallari) va Masshtablangan (oldingi oy kanallari + oʻsish imkoniyatidagi yangi kanal / -lar qoʻshilgan holatda) variantlar.
Blok 15: Keyingi oy uchun strategik ishlar rejasi: Jamoa o‘z oldiga qo‘ygan strategik vazifalar cheklisti.
Bu yerda ta’kidlab o’tish joizki, ushbu bloklarning to’liqligi va qiymati mijozning to’liq siklli analitikani o’z biznesiga joriy qilishga tayyorligiga (CRM, Calltrackging) va kerakli ma’lumotlarni (SQL, rad etish sabablari, lidlar va bitimlar sanalari, muvaffaqiyatli bitimlar, bitimlar miqdori kabi metrikalarni) taqdim etish darajasiga bog’liq.
Dono xalqimiz “Ming marta eshitgandan, bir marta ko‘rgan afzal” maqolasiga rioya qilgan holda quyida real keys asosida tuzilgan Oylik biznes tahlil va Strategiya hisobotini namunasi bilan bo‘lishamiz.
UsmonDigital-da Oylik Biznes-Tahlil va Strategik Hisoboti namunasi
B2B biznesingizni tizimli rivojlantirishga tayyormisiz?
Qisqa brifni to‘ldiring. Biz loyihangizni o‘rganib chiqamiz va agar u bizning yo‘nalishimizga mos kelsa, birinchi uchrashuvgacha sohangizdagi bozor ko‘rsatkichlari asosida tegishli marketing strategiya, dastlabki saytingiz auditi va tijorat taklifini tayyorlab qo‘yamiz. Bu vaqtingizni tejaydi va strategik qaror qabul qilish uchun real prognozlarni beradi.
Qidiruv reklamasi, to’liqroq qilib aytadigan bo’lsak, Google yoki Yandex kabi qidiruv natijalarida chiqadigan reklama turi – bu B2B biznes uchun, biznes kengayishga tayyor bo’lganda yoki “tez sotuvlar” kerak bo’lganda, eng birinchi navbatda yo’lga qo’yilishi mumkin bo’lgan samarali reklama turlaridan biri desak mubolag‘a bo’lmaydi.
Shu o’rinda «tez sotuvlar” iborasiga biroz izoh berib o’tamiz. B2B uchun “tez sotuvlar” deyilganda nisbatan tez sotuvlar nazarda tutiladi, chunki yodda saqlaymiz, B2B-da umuman olganda sotuvlar tez amalga oshirilmaydi. B2B sohalarida sotuvlar – bu kompleks yondashuv mahsuli.
Yana shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, qidiruv reklamasi bu arzon reklama turi ham emas (hoynahoy operatsion tahlilda – sotuv davri, LTV hisobga olinmaganda), ayniqsa hozirda qidiruv tizimlarida kundan-kunga raqobat oshib borayotgan davrda. Lekin natijasi o’laroq qidiruv reklamasi tekshirilgan “tez sotuv” olib kelishi mumkin bo’lgan targ’ibot kanallarining lideri hisoblanadi, buning boisi qidiruv reklamasi hozirda mavjud bo’lgan ehtiyoj bilan ishlaydi, ya’ni qidiruv e’lonlari odatda foydalanuvchiga “hozirni o’zida” tovar / yoki xizmatlar kerak bo’lganda namoyish qilinadi.
Ilmiy-amaliy yondashuv uslubida B2B tar’gibotiga oid turkim materiallarni tayyorlashga kirishdik, maqsad – murakkab bo’lgan sohalarda O’zbekistonda marketing tushunchasini ongli darajaga olib chiqish, tadbirkorlarga, ularning biznes turi va joriy holatidan kelib chiqib, targ‘ibot kanallarini tanlovida to‘g‘ri qaror qabul qilishlariga, to‘g‘ri kutuvlarni shakllantirishda, natijalarni to’g’ri baholashda va lid / sotuv rejalarini samaraliroq tuzishda ko’maklashish.
Ushbu turkum materiallardagi sayohatimizni O’zbekistondagi qidiruv tizimlari ulushi, ularning YoY-dinamikasi, raqobat darajasi, afzallik-kamchiliklari, samarasi, potensiali, UsmonDigital statistik solishtiruvi, hamda O’zbekistonliklar va O’zbekistondagi chet el korxonalari vakillari xulq-atvor patternlari va ularni inobatga olish B2B-da nima afzallik berishini tahlili bilan boshlaymiz. Parvozingiz Siz uchun, Biznesingiz va Jamiyatimiz uchun manfaatli o’tsin!
Qidiruv tizimlarining O’zbekistondagi taqsimoti
O’zbekiston miqyosida qidiruv tizimlari deyilganda odatda Google va Yandex qidiruv tizimlari tushuniladi, ushbu bo’limda bu mavzuni biroz kengroq yoritishga harakat qilamiz, aynan hozirda O’zbekistonliklar foydalanayotgan qidiruv tizimlari taqsimoti, ular dinamikasi va statistik manbalarni ko’rib chiqamiz.
Qidiruv tizimlariga oid statistik ma’lumotlarni o’rganishda biz odatda Statcounter GlobalStats nomli servisdan foydalanamiz, bu global servis bo’lib, dunyoning barcha mamlakatlari bo’yicha statistikani kuzatib borish imkoniyatini beradi.
Demak, Statcounter GlobalStats servis ma’lumotlariga asosan, aprel 2026 holatiga ko’ra, O’zbekistonda hozirda qidiruv tizimlari ulushi quyidagicha shakllangan:
Google: 71,9%
Yandex: 25,6%
Bing: 2,0%
Qolganlar (DuckDuckGo, Yahoo, Baidu): 0,5%.
Rasm 1. Qidiruv tizimlarining O’zbekistondagi taqsimoti. Manba – Statcounter GlobalStats.
Yillik o’zgarish dinamikasi (YoY) esa quyidagicha:
Google qidiruv tizimi ulushi 76,0% dan 71,9% ga pasaygan: YoY-dinamikasi -5%;
Yandex qidiruv tizimi ulushi 22,2% dan 25,6% ga oshgan: YoY-dinamikasi +15%;
Bing qidiruv tizimi ulushi 1,4% dan 2,0% ga oshgan: YoY dinamikasi +42%;
Bing va boshqa qidiruv tizimlari O’zbekistonda hozirda ommalashmaganligini hisobga olib (jami ulushi 2-3%), quyida tahlil, mulohazalarimizni yurtimizda yetakchi bo’lgan Goolge va Yandex qidiruv tizimlari atrofida quramiz.
Google va Yandex-ning imkoniyatlari solishtiruvi
Mahalliylashtirish darajasi
Yandex qidiruv tizimining O’zbekistondagi YoY jadal dinamikasi (+15%) hozirda Yandex yurtimizda o’z servislarini turli xil yo’nalishlarda chuqur integratsiyasi va mahalliylashtirishga harakat qilayotgani sababidan desak xato qilmasak kerak – reklama e’lonlarni o’zbek tilida rasmiy qo’llab-quvvatlanilishi, qo’llab-quvvatlov bo’limlari tezligi va samimiyligi, o‘zbek tilida javob bera oladigan neyrotarmoqqa asoslangan yangi qidiruv tizimini ishga tushirilishi, keng ommalashgan Yandex xaritalari va ko’plab keng ommaga namoyish qilinayotgan ijtimoiy loyihalari shular jumlasidan. Xullas, Yandex O’zbekistonda brending va keng qamrov ustida uzoq muddatli strategiya bilan harakat qilmoqda.
Google-ga keladigan bo’lsak, bahssiz bu O’zbekistonda hozirda 71,9% ulushi bilan eng ommabop qidiruv tizimi hisoblanadi, lekin bu chuqur mahalliylashtirish darajasi bilan bog’liq emas, bu haqida quyida batafsilroq to’xtalamiz. Google-ning mahalliylashtirish darajasini ko’rib chiqadigan bo’lsak, hozirda bu ko’rsatkich past, lekin bu yo’nalishda Google-ning ham harakatlari yo’q emas.
Misol tariqasida, Google Qidiruvda o’zbek tilida e’lonlarni namoyish qilish imkoniyati ochilishi o’tgan yildan beri internet tarmog’ida muhokama qilinib boriladi va bizning oxirgi test natijalarimizga ko’ra (Aprel, 2026-yil holatiga ko’ra) Google haqiqatdan ham o’zbek tilini qo’llab-quvvatlashni boshladi, e’lonlarimiz o’zbek tilida o’zbek tilidagi kalit so’zlar bilan moderatsiyadan o’tdi va qidiruvlarda ko’rsatilmoqda:
Rasm 2. Google-da ishga tushirilgan o’zbek tilidagi e’lonlar namunasi.
Google bu haqda hali rasmiy bayonot qilmaganligi sababi – o’zbek tili hozirda Beta versiyada ishlayotgani bo’lishi mumkin, Alfa-rejimga o’tgandan keyin jonajon ona tilimizni rasmiy Google sahifasida va Google Ads-dagi tilga aloqador instrumentlarida ham kutib qolamiz.
Google-ni O’zbekistonga intilishi bo’yicha yana bir yorqin misollardan biri: o’tgan hafta (May 2026 boshlarida) bizning reklama agentligimizga Google qo’llab-quvvatlovidan aloqaga chiqishdi, onlayn uchrashuv tashkillashtirildi, Google Ads bo’yicha joriy qiyinchilik va takliflarni muhokama qildik, va e’tibor bering, Google qo’llab-quvvatlov jamoasi va UsmonDigital jamoasi birgalikda savol va qiyinchiliklar bo’yicha tezkor Telegram guruh ishga tushirildi, 9-10 yillik tajribamizda hali bunaqasi bo’lmagan. Va May 2026 yil ikkinchi yarmida Google Ads vakillarini Toshkentga tashrifi ham kutilmoqda.
Xulq-atvor patternlari
Xulq-atvor patternlari deganda ayni ushbu maqolamiz mavzusi kesimida internet foydalanuvchilari qidiruv tizimlaridanfoydalanish odatlarini nazarda tutmoqdamiz.
O’zbekiston bo’yicha yuqoriroqda ta’kidlab o’tilganidek hozirda 71.9% foydalanuvchilar Google-dan, 25.6% foydalanuvchilar Yandex-dan foydalanadi. Endi ushbu ko’rsatkichlarga B2B uchun qiziq va foydali bo’ladigan yana bir nechta ko’rsatkichlarni qo’shamiz, aynan quyidagilarni: O’zbekistonda hozirda faoliyat olib borayotgan mahalliy va chet el tadbirkorlik subyektlari soni, chet el tadbirkorlarining qaysi mamlakatdan kelganligi (TOP-10) va ular uchun odatiy bo’lgan qidiruv tizimlari ulushi.
Quyidagi jadvalni Aprel 2026-yil ma’lumotlari asosida Milliy statistika qo’mitasi va Statcounter GlobalStats servislaridan foydalangan holda shakllantirdik.
№
TOP 10 chet el tadbirkorlari kelgan mamlakatlar
Tadbirkorlik subyektlari soni
Google
Yandex
Boshqalar liderlar
0
O’zbekiston
422 000 ta
71.9%
25.6%
–
1
Xitoy
5 398 ta
1.88%
10.4%
Baidu (44.6%), Bing (22.6%)Haosou (18.3%)
2
Rossiya
3 260 ta
24.9%
73.1%
–
3
Turkiya
2 186 ta
83.0%
14.3%
–
4
Qozog‘iston
1 240 ta
70.1%
27.0%
–
5
Janubiy Koreya
714 ta
47.3%
–
Naver (42.5%)
6
Afg‘oniston
655 ta
95.6%
1.4%
–
7
Ozarbayjon
442 ta
85.1%
12.2%
–
8
Tojikiston
427 ta
72.5%
25.5%
–
9
BAA
425 ta
95.4%
–
–
10
Hindiston
398 ta
97.5%
–
–
Jadval 1. O’zbekistondagi mahalliy va chet el TOP-10 tadbirkorlik subyektlari va mamlakatlari aro qidiruv tizimlari taqsimoti.
Yana bir B2B uchun foydali bo’ladigan statistik ma’lumotlar bilan bo’lishamiz, bu hozirda O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyetklatirini biznes turlari bo’yicha taqsimoti:
№
Iqtisodiy faoliyat turlari
Tadbirkorlik subyektlari
1
Savdo
157 422
2
Sanoat
60 860
3
Qishloq, o’rmon va baliqchilik xo’jaligi
36 926
4
Yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar
31 658
5
Qurilish
31 142
6
Tashish va saqlash
17 824
7
Axborot va aloqa
12 269
8
Sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish
10 706
9
Boshqa turlar
63 185
Jadval 2. O‘zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlar demografiyasi bo‘yicha maʼlumotlar. Manba: Milliy statistika qo’mitasi hisoboti (14.04.2026).
Ushbu ma’lumotlarni B2B yo’nalishlari targ’ibotida inobatga olishning foydalari:
Tadbirkorlarni qaysi mamlakatlardan kelganligini inobatga olish – reklama kanallarini samaraliroq ishlatishga yordam beradi, bizning target auditoriyamizga odatiy bo’lgan joyda e’lonlarimizni ko’rsatish imkonini beradi (qaysi reklama kanallarini ishga tushirganimiz yaxshi? target auditoriyamiz odatlari qanday va ularga qanday qilib yaqinroq bo’lishimiz mumkin? qabilidagi savollarga javob).
Tadbirkorlik subyektlarining soni B2B bozor xajmini to’liqroq anglab yetishga yordam beradi (B2B tovar/xizmatlarini taklif qilish uchun bozor xarmi qay darajada, kimlarga taklif qilsa bo’ladi? qabilidagi savollarga javob).
Raqobat darajasi va UsmonDigital statistikasi
Google va Yandex qidiruv tizimlardagi raqobat darajasi va B2B-ning ayrim yo’nalishlari kesimida UsmonDigital statistikasiga asoslangan klik narxlarini quyidagi jadvalga jamladik:
B2B biznes turi
Google-da raqobat darajasi / Indeksning o‘rtacha ko‘rsatkichi
Yandex-da raqobat darajasi [UD kuzatuvi]
CPC Google [UD statistikasi]
CPC Yandex[UD statistikasi], QQS bilan
Yandex va Google o‘rtasidagi farq
Biznes uchun xizmatlar (Buxgalteriya)
O’rta/ 44
O’rta
$3,24
$2,08
-36%
Logistika
O’rta, Yuqoriga yaqin/ 60
O’rta
$1,10
$0,67
-39%
IT ishlab chiqish (saytlar)
O’rta/ 50
Yuqoriga yaqin
$1,10
$2,24
+104%
Biznes avtomatizatsiya (CRM, Telefoniya)
O’rta / 41
Past
$2,14
UD statistikasi yo’q
UD statistikasi yo’q
Jadval 3. Qidiruv tizimlari bo‘yicha raqobat darajasi va UsmonDigital CPC qiyosiy statistikasi.
Qiyosiy jadvalga izohlar:
Google qidiruv tizimida joriy raqobat darajasi va indeksi Google-ning maxsus “Natijalarni rejalashtirish” instrumenti yordamida aniqlandi, Yandex-da bu kabi instrument yo’qligi sababli, Yandex qidiruvida raqobat darajasi amaliy kuzatuvlarimiz asosida chiqarildi;
Google-da raqobatning indeks darajasi 0 dan 100 gacha baholanadi, indeks ko’rsatkichi yuqoriligi raqobatning zichligini belgilab beradi;
O’rta klik narxlarini aniqlashda har bir B2B yo’nalishi bo’yicha Google yoki Yandex-da konversiya olib kelgan kalit so’zlar oxirgi 12 oy davri uchun tahlil asosida chiqarildi [May 2025 – Aprel 2026] va ikkala tizimda ham «birga-bir» yoki juda yaqin bo’lgan kalit so’zlar ishtirok etdi.
Klik narxi bo’yicha alohida izohlar
Yuqoridagi jadvalda ko’rishingiz mumkinki klik narxi raqobat darajasi (raqobatchilar zichligi) bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq emas, misol uchun buxgalteriya xizmatlariga oid yo’nalishda raqobat indeksi 44 (o’rta) va konversion kalit so’zlar bo’yicha CPC o’rta narxi UsmonDigital statistikasi bo’yicha 3,24$ teng bo’ldi, Logistikada esa raqobat darajasi yanada yuqoriroq bo’lganiga qaramay (indeks ~ 60) klik narxi o’rtacha 1,10$ tashkil qilgan. Bu nimani anglatadi?
Google-da Minimal e’lonlar reytingi tushunchasi mavjud bo’lib, ushbu ko’rsatkich e’lonlar auksionda qatnashadimi yo’qmi, ya’ni reklama natijalarida ko’rsatiladimi yo’qmi, belgilab beradi. Endi bu ko’rsatkich bo’yicha hozirda bizga tegishli qismi shuki, uning shakllanishida boshqa bir nechta parametrlar bilan bir qatorda Qidiruv mavzusi va xarakteridegan tushuncha mavjud va ushbu ko’rsatkich biznes turidan kelib chiqib belgilanadi. Bu haqda Inshaalloh, keyinroq O’zbekiston uchun benchmarklarni chiqarganimizda batafsil to’xtalamiz, hozircha Google rasmiy sahifasidan iqtibos bilan kifoyalanib turamiz:
“Minimal reyting qidiruv so‘rovlarining xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, to‘y bilan bog‘liq so‘rovlar va to‘qishni o‘rganish so‘rovlari uchun turli reytinglar qo‘llaniladi.”
Yana ham tushunarliroq bo’lishi uchun, quyidagicha izoh berish mumkin: sizning yo’nalishingiz bo’yicha reklamada umuman raqobatchingiz bo’lmasa ham klik uchun narx nisbatan baribir qimmat bo’lishi mumkin, agar sizning biznesingizda Miminal reyting ko’rsatkichi yuqori bo’lsa.
Shundan kelib chiqib, aytishimiz mumkinki klik narxi bu dastlabki, yuzaki ko’rsatkich va reklama sarmoyasini to’g’ri baholash uchun lid narxi, mijoz narxi, LTV, ROMI/ROI, yunit-ekonomikani hisobga olish maqsadga muvofiq bo’ladi, hoynahoy ushbu chuqurlik darajasida natijalarni tahlil qilolganlar targ’ibot kanallaridan ongli, to’g’ri qarorlar qabul qilish va samarali natijalar olish ustunligiga ega bo’ladilar.
Qidiruv tizimlarining O‘zbekistondagi potensiali
Internet foydalanuvchilarining Qidiruv tizimlari kesimida xulq-atvorlari shakllanishi haqida yana bir og’iz gapirib o’tish kerak. Ushbu pattern odatda qiyin boshqariladi, chunki qidiruv tizimlari biz uchun odatda qurilmalar ishlab chiqaruvchilari tomonidan oldindan tanlanadi, ya’ni brauzer va qidiruv tizimi «zavoddan» standart o’rnatiladi va o’rnatilgan qidiruv tizimlariga foydalanuvchilar beixtiyor ko’nikib qoladilar va aksariyat foydalanuvchilar boshqa qidiruv tizimlari borligi haqida ham ma’lumotga ega bo‘lmaydilar.
Shu sababli foydalanuvchilar patternini o’zgartirish murakkab masala hisoblanadi, buning uchun qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Bing kabi kompaniyalar) qurilma ishlab chiqaruvchilari bilan shartnoma tuzilishlari kerak (aksar holatda bu juda qiyin masala) yoki qidiruv tizimlarini ommalashtirishga harakat qilishlari mumkin – buning eng yaxshi yo’li produktlarni maksimal mahalliylashtirish bo’lsa kerak, Yandex O’zbekistonda hozir aynan ushbu pozitsiyada faoliyat olib bormoqda va bu YoY-dinamikasida ham ijobiy siljish bilan namoyish bo’lib turibdi (+15%).
Shu o’rinda Google-ni ham O’zbekistonga qiziqishini past hisoblab bo’lmaydi va tegishli harakatlarini ham yuqoriroqda ko’rib chiqdik, taqsimotning o’zgarish tezligi esa buyog’iga qidiruv tizimlari kompaniyalari tomonidan mahalliy bozorga fokus va yetarli resurs ajratishlariga bog’liq bo’lsa kerak.
Xulosalar / Optimal strategiya
Yakuniy xulosalarni qilishimiz osonroq bo’lishi uchun barcha tahlil qilingan Qidiruv tizimlari parametrlarini bir jadvalga jamlaymiz:
Qidiruv tizimi parametrlari
Google Qidiruv
Yandex Qidiruv
Bozor ulushi
71,9%
25,6%
Mahalliylashtirish darajasi
Qisman
Nisbatan maksimal
Yillik o‘sish dinamikasi (YoY)
-5,4%
+15,3%
Raqobat darajasi
Asosan yuqori
Hozircha past
CPC solishtiruvi (UD statistikasi)
$1,10 dan $3,24 gacha
$0,67 dan $2,24 gacha
Tizimlarning O‘zbekistondagi faolligi
Hozircha past
Yuqori
Jadval 4. O’zbekiston bozori uchun Google va Yandex qidiruv tizimlarining yakuniy solishtiruv jadvali.
Demak, O’zbekistondagi B2B bizneslari uchunqidiruv reklamalarini quyidagi strategiya bilan ishga tushirish eng optimal yechim bo’ladi (hoynahoy 2-3 oy sinab ko’rish maqsadga muvofiq bo’ladi):
Parametrlar
Tanlov bo’yicha tavsiyalar
Izoh / Asos
Qidiruv tizimlari
Google + Yandex
Maksimal qamrovga ega bo’lish imkoniyatini beradi: Google 71,9% + Yandex 25,6%.
Target Tillar
Rus + O’zbek + Ingliz tilida (joiz bo’lsa)
Foydalanuvchiga yaqinroq, tushunarliroq bo’lish imkoniyatini beradi va o’zbek / ingliz tillarida hozirda raqobat pastligini hisobga olsak, lid / sotuvlarni ham arzonroq olish imkoniyatini berishi mumkin.
Terget Geo
Butun O’zbekiston bo’ylab
Bugungi kunda viloyatlarda ham B2B xizmatlariga talab oshib bormoqda va hozirda qidiruv natijalarida raqobat poytaxt-ga nisbatan pastroq. Biznes masofaviy xizmat ko’rsata olsa yoki tegishli filiallari bo’lsa, qidiruv reklamalarini butun O’zbekiston bo’ylab ishga tushirish mijozlar bazasini kengaytirishga va kamroq xarajat bilan qo’shimcha mijozlarni jalb qilish imkoniyatini berishi mumkin.
Foydalanuvchilar patternlari
Chet ellik foydalanuvchilar patternlarini ham inobatga olish
Bu nafaqat O’zbekiston miqyosida, balki o’sha tadbirkorlar ona vatanlarida ham ularga odatiy bo’lgan qidiruv tizimlarida yurtimiz tadbirkorlari tovar va xizmatlarini samaraliroq namoyish qilish imkoniyatini beradi.
Jadval 4. O’zbekistondagi B2B bizneslari qidiruv reklamalari bo’yicha tavsiya qilingan strategiya.
Ushbu tahlillarimiz sizga to’g’ri qarorlar qabul qilishda birmuncha bo’lsa ham yordam bera oladi deb umid qilamiz. Sizga esa o’z biznesingizni sifatli yangi darajaga olib chiqishga harakat qiliayotganingiz uchun, mijozlaringizni patternlarini va ularning muammo va ehtiyojlarini yaxshiroq tushunishga harakat qilayotganingiz uchun tashakkurlarimizni bildiramiz!
Himmatingiz baland, rizqingiz barokatli, biznesingiz qat’iy fundamentga ega va Jamiyat uchun manfaatli bo’lishini tilab qolamiz!
Tadbirkorlik – bu harakat va ulkan masuliyat,
Yurt rivoji, yelkasida turadi Jamiyat!
Bananxo‘rlar biznesi emas bizning aslimiz,
Ilm ila faxri olam bo’lgan Yurtdoshlarimiz!
Manbalar
UsmonDigital jamoasi tajribasi, keyslari va ma’lumotlar bazasi.
B2B biznesingizni tizimli rivojlantirishga tayyormisiz?
Qisqa brifni to‘ldiring. Biz loyihangizni o‘rganib chiqamiz va agar u bizning yo‘nalishimizga mos kelsa, birinchi uchrashuvgacha sohangizdagi bozor ko‘rsatkichlari asosida tegishli marketing strategiya, dastlabki saytingiz auditi va tijorat taklifini tayyorlab qo‘yamiz. Bu vaqtingizni tejaydi va strategik qaror qabul qilish uchun real prognozlarni beradi.
B2B segmentida hamkorlik bo’yicha qaror qabul qilish tez amalga oshmaydi va bu jarayon bir necha oygacha davom etishi mumkin (mijozlarimiz bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, yil kesimida savdo davri 118 kungacha yetgan).
B2B bizneslarni targ‘ib qilishda eng muhim vazifalardan biri – Qaror Qabul Qiluvchi Shaxslarni (LPR) kompaniya bilan to‘g‘ri tanishtirish, uning ishonchliligi, ekspertlik darajasi, qadriyatlari va bitim xavfsizligini namoyish etishdir. Сhunki B2Bda, odatda, munosabatlar uzoq yillarga mo‘ljallangan bo‘ladi va shuning uchun qarorlar puxta o‘ylangan holda, ko‘pincha biznes hamkorlari bilan birgalikda, ehtimol, kompaniyaning huquqshunosi va buxgalteri bilan ham birgalikda qabul qilinishi mumkin.
Keltirib o’tilgan omillar ichida birinchi tanishuv va xavfsizlik, ya’ni kompaniyaning mijoz uchun qanchalik «tanish/o‘ziniki» ekanligi sotuv voronkasiga kirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda bizneslarning ekspansiyasida geosiyosiy vaziyat (cheklovlar, blokirovkalar, mahalliy reklama qonunlari) ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuning uchun, reklama kampaniyalari qanchalik mukammal sozlangan bo‘lmasin, agar GEO-faktorlar hisobga olinmasa, ular target mamlakat foydalanuvchilari uchun ko‘rinmas yoki ishonchsiz bo‘lib qolishi mumkin.
GEO-faktorlarga nimalar kiradi? Bu birinchi navbatda domen zonasi, kontentining relevantligi, kontakt ma’lumotlari, konversiya elementlarining qulayligi va texnik jihatdan – serverning joylashgan joyi (xosting). Ushbu maqolada aynan shu omillar xususida so‘z yuritamiz. So‘ngida esa GEO-omillarni hisobga olish va ularni B2B mijoz misolida optimallashtirish natijalariga doir masalaning ko‘lamini yaxshiroq tushunishingiz uchun real keysni keltiramiz.
Domen zonasi: O’zimiznikimi yoki yo’q?
Qidiruv natijalari yoki tarmoqlardagi reklama e’lonlarida (KMS, RSYa) birinchi bo‘lib ko‘zga tashlanadigan narsa – bu «begona» domen, aniqrog‘i «begona» domen zonasidir.
Rasm 1. Target mamlakatda (O‘zbekiston, Toshkent) “begona” domen hududidan (.ws — Samoa davlatining domen hududi) foydalanishga misol. (Aytgancha, bu yerda reklama e’lonlarini qanday sozlamaslik kerakligining deyarli ideal namunasiga duch keldik.)
Domen zonasi masalasiga qaytsak, agar domen zonasi maqsadli mamlakat foydalanuvchisi uchun notanish bo‘lsa, bu ishonch darajasini tushiruvchi birinchi «qizil bayroqcha» bo‘lishi mumkin. Bunday e’lonni foydalanuvchi «o‘ziniki» bo‘lgan domenlarni qidirib, shunchaki o‘tkazib yuborish ehtimoli yuqori.
Domen zonasini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar:
Maqsadli mamlakat uchun mahalliy domen zonasidan foydalaning (masalan, O‘zbekiston uchun .uz, Rossiya uchun .ru).
Agar kompaniya xalqaro bo‘lsa, mahalliy bozorga moslashish uchun xalqaro domenda subdomen yarating (masalan: uz.b2b-business.com yoki ru.b2b-business.com), ya’ni ushbu holatda sayt prefiksi target mamlakatga moslashtiriladi, asosiy domen esa xalqaro .com domen zonasida joylashgan bo‘ladi.
Xosting joylashuvi
Hozirgi geosiyosiy vaziyatda ma’lumotlar saqlanadigan joyning ahamiyati ortib bormoqda, chunki server joylashgan mamlakat target mamlakatda bloklanganlar ro‘yxatiga tushib qolgan bo’lishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, maqsadli mamlakatda saytning qisman yoki butunlay ko‘rinmay qolishiga olib kelishi mumkin.
Xosting bo’yicha Tavsiyalar
Serverni qonunchilik ruxsat bergan hududlarda yoki maqsadli mamlakatning o‘zida joylashtirish eng to‘g‘ri yo’l bo’ladi. Reklama berishdan oldin ushbu masalani texnik audit qilib, serverni tegishli lokatsiyaga ko‘chirish lozim.
Kontakt ma’lumotlari va «borlik effekti»
Saytda ko‘rsatilgan kontaktlar B2B-da qaror qabul qilishdagi ikkinchi muhim omil bo’lishi mumkin. B2B-da qonunbuzarliklar uchun jarimalar yuqori ekanligini hisobga olsak, mahalliy raqamning yo‘qligi LPR-da: «Bu kompaniyaga ishonsa bo‘ladimi?», «Ertaga g‘oyib bo‘lmaydimi?», «Huquqiy himoyalanganmanmi?» kabi shubhalarni uyg‘otishi mumkin.
Kontaktlarni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar:
Kontaktlarda maqsadli mamlakatning mahalliy raqamini ko‘rsating.
Kontakt sahifasiga Yuridik manzil qo‘shing.
Foydalanuvchi kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishishi mumkin bo‘lgan blog yoki ijtimoiy tarmoqlarga havolani ko‘rsatish ham foydali bo‘ladi.
Agar kompaniya bir nechta mamlakatda ishlasa, ro‘yxatda birinchi bo‘lib aynan «mahalliy» raqamni ko‘rsating. Bu yaqinlik va ishonchlilik hissini yaratadi.
Aloqa qilish qulayligini oshirish uchun target mamlakatdagi mahalliy ommabop messenjerlarni ham ko‘rsating.
Rasm 2. “Kontaktlar” sahifasining yaxshi namunasi.
Ariza qoldirish shakllari qulayligi
Saytdagi ariza shakllarining to‘g‘ri tuzilishi saytga bo‘lgan ishonchni oshiradigan va foydalanuvchilar konversiyasini tezlashtiradigan yana bir omildir.
Ariza shakli bo’yicha tavsiyalar
Shakllarning to‘g‘ri tuzilishiga quyidagi funksiyalarni kiritish mumkin:
Prefiksni avtomatik yangilash. Ma’lumot kiritish maydonida telefon raqami prefiksini foydalanuvchi geolokatsiyasiga qarab avtomatik yangilash yoki, undan ham ishonchlirog‘i, target mamlakat prefiksini standart holatda (default) o‘rnatish lozim. Bu o’rinda ikkinchi ssenariy samaraliroq bo’ladi, chunki ayrim mamlakatlarda foydalanuvchilar internetga VPN xizmatlari orqali kirishlari mumkin.
Telefon raqam maskasi to’g’ri sozlandi. Raqam maskasini to’g’ri sozlamaslik mahalliy bozorda ham uchrab turadigan holat, bu mijoz telefon raqamini noto’g’ri kiritilishiga yoki umuman arizani yuborilishini to’silishiga olib kelishi mumkin.
Rozilik bildirish katakchasini qo’shish (yuridik aspekt). Agar mahalliy qonunchilik talab qilsa, ariza shakliga ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirish katakchasini ham qo’shish lozim.
Rasm 3. Ariza shakli namunasi.
Keys: GEO-omillarni hisobga olish sayt konvertatsiyasini qanday qilib 660% ga oshirish imkonini berdi
Loyiha tafsilotlari:
Loyiha: B2B NDA;
Soha: TIF + Logistika;
Target geo: Rossiya;
Kanal: Yandex Direct (Qidiruv + Retargeting);
Optimallashtirish ishlari:
Sayt .uz domen zonasidan .ru domen zonasiga ko‘chirildi.
Sayt ma’lumotlari Rossiya xostingiga o‘tkazildi.
Mahalliy kontakt raqami qo‘shildi.
Ariza shaklida Rossiya prefiksi standart qilib o‘rnatildi.
Natijalar:
Solishtirish davri: 22.10.25-14.11.25 vs 12.12.25 – 04.01.26.
Xulosa: GEO-omillarni hisobga olish bo‘yicha cheklist
B2B marketingi – bu potensial mijoz bilan o‘zaro aloqaning uzun zanjiri bo‘lib, bu zanjirda sayt infratuzilmasi zaif bo‘g‘in bo‘lib qolishi va vaqt hamda byudjet yo‘qotilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
GEO-omillarni hisobga olish cheklisti:
✅ «Tanish» domen: Domen zonasi yoki subdomen target mamlakatiga mos tanlandi;
✅ Xosting: Ma’lumotlar jismonan target mamlakatga yoki target mamlakat qonunchiligida ruxsat etilgan hududldarga ko’chirildi;
✅ Qulay va ishonchli aloqa: Saytga yuridik manzil, mahalliy raqam va messenjerlar qo’shildi;
✅ Qulay ariza shakli: Prefiks va raqam maskasi to‘g‘ri sozlandi, qonuniy «rozilik» tugmalari qo‘shildi;
Saytni muntazam audit qilish va optimallashtirish – bu B2B targ‘iboti samaradorligining muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, UsmonDigital’da ushbu jarayon loyiha bilan birinchi tanishuvdan boshlab doimiy ravishda olib boriladi.
Rasm 5. UsmonDigital Sayt auditi va tavsiyalari namunasi.
Agar vebsaytingiz infratuzilmasini tekshirish bo‘yicha yordam kerak bo‘lsa, bizga murojaat qiling, biz kerakli tahrirlar bilan tavsiyalar tayyorlashda yordam berishdan mamnun bo‘lamiz va agar kerak bo‘lsa, ushbu tavsiyalarni veb-saytingizga joriy etishda ham ko’maklashamiz.
B2B biznesingizni tizimli rivojlantirishga tayyormisiz?
Qisqa brifni to‘ldiring. Biz loyihangizni o‘rganib chiqamiz va agar u bizning yo‘nalishimizga mos kelsa, birinchi uchrashuvgacha sohangizdagi bozor ko‘rsatkichlari asosida tegishli marketing strategiya, dastlabki saytingiz auditi va tijorat taklifini tayyorlab qo‘yamiz. Bu vaqtingizni tejaydi va strategik qaror qabul qilish uchun real prognozlarni beradi.
Yandex 2026-yil 20-yanvarda Telegram-kanallar uchun ko‘rishlar soniga qarab to‘lanadigan (CPV) yangi qamrovli kampaniyalarni taqdim etdi. Biz UsmonDigital jamoasi ushbu formatni tahlil qildik va uni o‘z tajribamizdagi Telegram Ads natijalari bilan solishtirdik.
Joriy qamrov va geo-targeting
Ishga tushirish bosqichida (2026-yil yanvar holati bo’yicha) yangi instrument quyidagi xususiyatlarga ega:
Kanallar bazasi: Tizimda hozircha 61 kanal mavjud.
O‘zbekiston bo‘yicha geo: Hozircha faqat Namangan viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Nukus) mavjud. Yirik shaharlar hozircha yo‘q, ammo qamrov kengayishi vaqt masalasi deb o’ylaymiz.
– Rasm 1: Yandex’ning Telegram’dagi yangi qamrovli reklamasi prognozlari
Formatning texnik xususiyatlari
Asosiy afzalligi — nativlik :
Format: Post kanal nomidan chiqadigan organik kontentga o‘xshaydi (rasm yoki video bilan) va «Reklama» belgisiga ega.
Kanalda qolish davri: E’lon bir marta nashr etiladi va maksimal qamrov uchun lentada 48 soat qoladi.
Auditoriya: Telegram Ads’dan farqli o‘laroq, barcha obunachilarga, jumladan Telegram Premium foydalanuvchilarga ham ko‘rsatiladi.
– Rasm 2: Yandex’ning Telegram’dagi reklamasi namunalari
Qamrov iqtisodiyoti: CPV solishtiruvi
Biz Yandex prognozini UsmonDigital’ning Telegram Ads bo‘yicha statistikasi bilan solishtirdik (23.01.26 sanasidagi dollar kursiga ko‘ra, 1$ = 12 133 so‘m):
Platforma / Instrument
CPV (ko’rish narxi), so’m
CPA (obuna narxi), so’m
Ma’lumot turi
Yandex’dan qamrovli kampaniya
17,80
–
Yandex prognozi
Telegram Ads (Ton-akkaunt)
6,17
51 622
UsmonDigital statistikasi
Telegram Ads (Euro-akkaunt)
2,26
21 373
UsmonDigital statistikasi
Tahliliy qarash: CPV’dan tashqari ko’rsatkichlar
Raqamlardagi farqqa qaramay, CPV sotuv voronkasida yuqori bazaviy ko‘rsatkich ekanligini unutmasligimiz kerak. Tizimli marketing uchun ko‘rsatkichlarni yanada chuqurroq baholash nihoyatda muhim: hech bo’lmaganda, obuna bo‘lish qiymati va yakuniy konversiya narxini tahlil qilish zarur.
B2B segmentida quyidagilarni ham yodda tutish muhim:
Telegram – bu tezkor savdo instrumenti emas. Kanalning maqsadi – brend tanilishini oshirish va auditoriyani sifatli tarzda qiziqtirish hisoblanadi.
Strategik rivojlanish. Brendni tanishtirish ustida ishlash – bu kelajakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo vositalarining samaradorligini bir necha barobar oshirishga imkon beradigan zanjirning eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.
Agentlik xulosasi
Biz ushbu yangi Instrumentni media-splitga samarli qo‘shimcha sifatida ko‘rmoqdamiz. 2026-yil yanvaridan boshlab Telegramning Yevro-hisoblaridagi komissiyalar 50 foizgacha ko‘tarilganini inobatga olsak, Yandexning nativ formatlari, jumladan Telegram Premium obunachilari uchun ham reklama ko‘rsatish imkoniyati bilan, qamrov vazifalarini bajarish uchun raqobatbardosh muqobilga va/yoki qo’shimcha imkoniyatga aylanmoqda.
B2B biznesingizni tizimli rivojlantirishga tayyormisiz?
Qisqa brifni to‘ldiring. Biz loyihangizni o‘rganib chiqamiz va agar u bizning yo‘nalishimizga mos kelsa, birinchi uchrashuvgacha sohangizdagi bozor ko‘rsatkichlari asosida tegishli marketing strategiya, dastlabki saytingiz auditi va tijorat taklifini tayyorlab qo‘yamiz. Bu vaqtingizni tejaydi va strategik qaror qabul qilish uchun real prognozlarni beradi.
UsmonDigital 2024-yil iyunda tashkil topgan bo‘lsa-da, bu agentlikning poydevori mening 9 yillik shaxsiy tajribam davomida yaratildi. Shu muddat ichida men mahalliy startaplardan tortib xalqaro ta’lim platformalarigacha bo‘lgan turli sohalarda 100 ga yaqin loyihani amalga oshirdim.
B2B sohasiga ixtisoslashish qarori darhol qabul qilinmadi. U yuzlab gipotezalar, xatolar tahlili va tizimlilik qayerda eng yuqori natija berishini anglash orqali asta-sekin shakllandi. Bugungi kunda UsmonDigital strategiyasi — bu shunchaki yo‘nalish tanlash emas, balki meni marketingda muhandislik aniqligidagi yondashuvga olib kelgan uzoq yo‘lning xulosasi bo’ldi.
– Rasm 1. OKR-2026 | UsmonDigital
100 ta loyiha menga nimalarni o‘rgatdi
9 yillik faoliyatim davomida kontekst reklama bo‘yicha mutaxassislikdan yirik reklama agentligi va xalqaro IT-maktabda rahbarlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdim. Yuzlab turli bizneslar bilan ishlash menga bozorning umumiy muammosini ko‘rishga yordam berdi: tizimlilikning yetishmasligi.
Murakkab sohalarda — masalan, logistika, IT, biznes uchun professional xizmatlar, TIF (tashqi iqtisodiy faoliyat) yoki ishlab chiqarishda — «reklama yoqib ko’raylik va nima bo‘lishini ko‘ramiz» qabilidagi strategiya byudjetning behuda sarflanishiga olib keladi. Amalga oshirilgan 100 ga yaqin loyiha menga marketingdagi muvaffaqiyat tasodif emas, balki rivojlanishga tizimli yondashuv natijasi ekanligini o‘rgatdi.
– Rasm 2. 9 yil ichida amalga oshirilgan loyihalar (Yanvar 2026 yil holati bo’yicha).
Nima uchun aynan B2B?
B2B segmenti ma’lumotlarga alohida yondashuvni talab qiladi. Bu yerda savdo jarayoni uzoq, xatoning bahosi baland va xarid qilishga oqilona yondashiladi. Biz bu yo‘nalishni tanlashimizning sababi bizning kompetensiyalarimiz murakkab biznes vazifalarini eng samarali hal qila oladi:
Marketingga investitsiya sifatida qarash. Biz mijoz bilan raqamlar tilida gaplashamiz: mijozni jalb qilish tannarxi (CAC) va uning umrbod qiymatini (LTV) tahlil qilamiz.
Chuqur tahlil. B2Bda har bir mijozning yo‘lini ko‘rish muhim. Biz chuqur tahlil «skvoznaya” analitikani joriy etamiz, shunda siz aynan qaysi kanal shartnoma imzolanishiga olib kelganini aniq bilasiz.
– Rasm 3. Oylik hisobotlardan namunalar | UsmonDigital.
Muhandislik yondashuvi — sifat standarti
Biz har doim raqamlar bilan ishlaganmiz. Mening muhandislik ma’lumotim (MGUGiK) marketingga aniq fan sifatida qarash yondashuvini shakllantirdi. Tajribamiz shuni ko‘rsatdiki, bizning qat’iy standartlarimiz aynan murakkab sohalarda eng yuqori natijani beradi.
Tartibsizlikni oldini olish maqsadida quyidagilarni joriy etdik:
SLA standartlari. Xizmatlar ro‘yxati va darajasi bo‘yicha aniq qoidalar.
Loyiha pasportlari va «Strategik qaydlar». Biz asosiy o‘zgarishlar va A/B sinov natijalarini qayd etamiz. Bu bizga sabab-oqibat bog‘liqligini tizimli ravishda tushunish va rivojlanish mantiqini uzoq yillar davomida saqlab qolish imkonini beradi.
Xatarlarni boshqarish. Biz shunchaki «kabinetni sozlash» bilan cheklanib qolmasdan, balki loyihalarni kundalik nazorati orqali samarasiz xarajatlar ehtimolini iloji boricha kamaytirish ustida ishlaymiz.
– Rasm 4. SLA va Loyiha pasporti, Strategik loglar namunalari | UsmonDigital
2026-yilga maqsad
2026-yilda bizning maqsadimiz — B2B kompaniyalari uchun shunchaki ijrochi emas, balki ishonchli strategik hamkor bo‘lish. Siz asosiy e’tiborni biznesni kengaytirishga qaratishingiz uchun biz texnik va tahliliy qism uchun mas’uliyatni o‘z zimmamizga olamiz.
Agar biznesingizga tartibsizlik emas, balki muhandislik aniqligi va shaffof ROI kerak bo‘lsa — biz har qanday murakkablikdagi loyihalarni muhokama qilishga tayyormiz.
B2B biznesingizni tizimli rivojlantirishga tayyormisiz?
Qisqa brifni to‘ldiring. Biz loyihangizni o‘rganib chiqamiz va agar u bizning yo‘nalishimizga mos kelsa, birinchi uchrashuvgacha sohangizdagi bozor ko‘rsatkichlari asosida tegishli marketing strategiya, dastlabki saytingiz auditi va tijorat taklifini tayyorlab qo‘yamiz. Bu vaqtingizni tejaydi va strategik qaror qabul qilish uchun real prognozlarni beradi.
Sodda qilib aytganda Yunit-ekonomika – bu biznesning har bitta (“unit – birlik”) dona sotuvi, mijozi yoki xizmati va mahsuloti asosida hisoblangan kompaniyaning daromadliligi ko’rsatkichi. Bu darajadagi chuqurlashtirilgan tahlil biznes uchun nima sababdan muhimligini ushbu maqolada yoritib o’tishga harakat qilamiz.
2. Yunit-ekonomikani hisoblash
Yunit-ekonomikani hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlarga ega bo’lishingiz kerak:
LTV (Lifetime Value) – Mijozning hayotiy qiymati ya’ni mijoz sizning biznesingiz bilan butun hamkorlik qilish davrida jami qancha daromad olib keladi. LTV-ni hisoblash uchun odatda quyidagi ko’rsatkichlar kerak bo’ladi:
AOV (Average Order Value) – O’rtacha chek;
Xaridlar takroriyligi;
Mizojning hamkorlik qilish o’rtacha davri.
CAC (Customer Acquisition Cost) – Mijozni jalb qilish narxi, ya’ni bitta mijozni jalb qilish nech pulga tushayapti;
Yunit-ekonomikaning asosiy ko’rsatkichi bu LTV-ni CAC-ga nisbati va ushbu nisbat 1 dan yuqori bo’lsa tahlil qilinayotgan yunit foyda keltirayotgan hisoblanadi, ya’ni yunit-ekonomikani hisoblash formulasi:
Yunit-ekonomika=LTV/CAC
3. Unit-ekonomikani hisoblash namunasi
Aytaylik sizning mahsulotingiz bu Buxgalteriya xizmatlari. Ushbu xizmat turi bo’yicha unit-ekonomikani hisoblash 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1-chi bosqich: LTV-ni aniqlash
Misol tariqasida xizmatlar bo’yicha o’rtacha chek 3 mln / oyiga so’mni tashkil qiladi deb olamiz;
Mizojlarni kompaniya bilan hamkorlik qilish davrini esa o’rtacha 1 yil deb olamiz, ya’ni 12 oy.
Shunda:
LTV = 3 mln * 12 = 36 mln so’m
– demak, hozirda 1 mijozning butun hamkorlik davrida kompaniyaga olib keladigan o’rtacha daromad summasi 36 mln so’mni tashkil qildi.
2-chi bosqich: CAC-ni hisoblash
CAC-ko’rsatkichini aniqlashda mijozlarni jalb qilish uchun qilingan barcha xarajatlarni jamlash o’rinli bo’ladi, faqat bunda muhim jihat – qaysi xarajatlarni qo’shmaslikni ham tushunib olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Qaysi xarajatlarni qo’shish yoki qo’shmaslikni aniqlashning oddiy usuli bu o’zingizga savol berib ko’ring: “Agar ushbu oyda yangi mijozlarni jalb qilishga harakat qilmaganimizda ko‘rib chiqilayotgan xarajat bo’lar edimi yoki yo’qmi?». Agar javob “yo’q” bo’lsa, uni CAC-ga qo’shish kerak.
LTV asosan biznes turi va sotuv davri uzunligidan kelib chiqib hisoblanadi, kvartal yoki yillik chastotada hisoblanishi mumkin, o’z navbatida bu CAC-ning ham xarajatlarini qaysi davr uchun inobatga olinishini belgilab beradi. Biz ko’rib chiqayotgan misolda konsalting biznesi uchun sotuv davri o’rtacha uzunligini hisobga olgan holda LTV-ni kvartal chastotasi bilan hisoblash maqsadga muvofiq bo’ladi. Aytaylik, o’tgan kvartalda (3 oy) mijozlarni jalb qilish uchun bo’lgan xarajatlar quyidagicha bo’ldi:
Reklama byudjetlari: 100 mln so’m;
Reklama agentligi xarajatlari: 18 mln so’m;
Sotuv menejeri ish haqi: 18 mln so’m;
Kontent-marketing xarajatlari (agar alohida mutaxassis yollangan bo’lsa, lekin aslida kontentni (ekspertiza, keyslar) kompaniya ekspertlarining o’zlari tayyorlasalar natija samaraliroq bo’ladi, agar sizning fikringiz yoki tajribangiz boshqacha bo’lsa izohlarda qoldiring): 15 mln so’m;
CRM-tizim: 600 ming so’m;
Calltracking xizmati: 1 mln so’m;
Sotuv bo’limi va kontent-menejeri uchun ofis arenda xarajatlariga to’g’ri keladigan qismi: ≈ 4,5 mln so’m.
Jami: 157,1 mln so’m.
Jalb qilingan mijozlar soni – 20 ta;
Demak,
CAC = 157,1 mln / 20 = 7,9 mln so’m,
– ya’ni o’tgan kvartalda 1-ta mijozni jalb qilish 7,9 mln so’mga (bugungi kun hisobi bilan 633$)ga to‘g‘ri kelgan.
3-chi bosqich: Yunit-ekonomikani hisoblash
Yunit-ekonomika yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek bu LTV-ni CAC-ga nisbati:
LTV/CAC: 18 mln / 7,9 mln = 2,3
– bu degani har bir mijoz, uni jalb qilishga ketgan xarajatga nisbatan 2,3 barobar ko’proq daromad olib keladi (mizojni hamkorlik qilish davri o’rtacha 1 yilni tashkil qilganda), agar LTV ko’proq bo’lsa o’z navbatida daromad nisbati ham ko’payib boraveradi. Endi tasavvur qiling agar biznes LTV-ni va Yunit-ekonomikani hisobga olmasdan faqat CAC-ko’rsatkichiga e’tibor qaratsa, bu qanday xulosalarga olib kelishi mumkin: reklama o’zini qoplayolmayapti, sotuv bo’limidan, kontent marketingdan yoki maxsus instrumentlardan (crm, calltracking, yagona tahlil «skvoznaya analitika”)dan foyda yo’q va umuman biznesni yopish kerak degan sayoz xulosalar kelib chiqishi mumkin.
Xulosa
Bugungi raqobat kuchli bo’lgan paytda va ayniqsa B2B segmentda mijoz darhol emas, balki bir necha oydan (biz ko’rib o’tgan misolda 7,9 mln / 3 mln ≈ 3 oy) keyin kompaniyaga foyda olib kelishi bu normal holat va endi keyingi foyda hajmini o’sishi LTV ga bog’liq bo’ladi, LTV esa mijozning kompaniya xizmatlaridan mamnunligi va mijoz bilan bo’lgan aloqalar sifatiga bog’liq bo’ladi, bu zamonaviy til bilan aytganda ham «challenge», ham zamon talabi, ham rivojlanish – kompaniya xizmatlari, mijozlar bilan aloqalarni sifatini oshirish va raqobatchilardan ustunlikni qo’lga kiritish uchun kuchli imkoniyat.
Agarda sizga xizmat yoki mahsulotlaringizning yunit-ekonomikasini hisoblashda yordam kerak bo’lsa yoki kompaniyangiz uchun batafsil marketing tahlilini va targ‘ibot strategiyasini ishlab chiqishda yordam kerak bo’lsa tortinmasdan bizga murojaat qiling: Ariza qoldirish.